O‘RTA OSIYO SHAYXLARINING ELCHILIK ALOQALARIDA TUTGAN O‘RNI

Authors

  • Shamsiddin Usmonjonovich Nurkosimov Author

Keywords:

buxoro, lgan, elchilik, muhammad, mahdumi, rtasida, hindiston, katta, xonligi, elchi

Abstract

Qoroxoniylar davriga kelib, hukmdorlar tomonidan din peshvolariga nisbatan, hurmat etibor kuchaydi. Temuriylar davriga kelib esa bu munosabat o‘zining yuqori cho‘qqisiga yetdi. Masalan, Muiddin Natanziyning (XIV-asr oxiri XV-asr boshi) asarida keltirishicha, Amir Temur o‘z davrining yirik shayxi Sayyid Barakaga juda hurmat ko‘rsatgan va uni o‘zining piri sifatida bilgan1 . Bunday munosabat xonliklar davrida ham mavjud bo‘lgan. Masalan, Shayboniylar hukmronligi davrida yirik shayxlarga e’tibor juda katta bo‘lgan, shu boisdan ular siyosiy-iqtisodiy jihatdan katta nufuzga ega bo‘lgan. Muhammad Shayboniyxonning (1451-1510) hokimyat tepasiga kelishida ham shayxlarning muhum o‘rni bor. Chunki u yoshligida Buxoro madrasalarida ta’lim olgan vaqtidan boshlab, yirik shayxlar bilan yaqin munosibatda bo‘lgan. Q. Rajabovning Shayboniyxon haqida yozishicha, Muhammad Shayboniyxon shu davrda katta mavqega ega bo‘lgan, Amir Abdulali Tarxon zamonida Buxoro mulkida yashagan

References

1. Muiiniddin Natanziy Muntaxab ut-tavorixi muiniy (Muiniy tarixlari tanlanmasi). - T.: O‘zbekiston 2011. -107 b.

2. Rajabov Q. Shayboniyxon. Buxoro mavjlari. 2016. - 45-49 b.

3. Qandaharov A. Buxoro xonligi va unda Karmanalik shayxlik faoliyati. – T.: Tafakkur qanaoti nashiryoti 2018. – 33 b.

4. Kattaev K.Mahdumi A’zam va Dahbed.-Samarqand:So‘g’diyona. 1994. - 8 b.

5. Farg’ona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarda mavzusida ikkinchi respublika anjumani. Farg’ona: 2012. Tosheva D. XVI-XVIII asrlardagi siyosiy jarayonlardagi Mahdumi A’zam Kosoniy va uning izdoshlarining roli: -119 b

6. Qandaharov A. Buxoro xonligi va unda Karmanalik shayxlik faoliyati. - T.: Tafakkur qanaoti nashiryoti. 2018. -38 b.

7. Nizomiddinov I. XVI-XVIII asrlarda O‘rta Osiyo Hindiston munosibatlari – T.: Fan 1966. – 21 b.

8. Nizomiddinov I. XVI-XVIII asrlarda asrlarda O‘rta Osiyo Hindiston munosibatlari – Toshkent.: Fan 1966. – 19 b.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Huzuridagi Davlat va Jamiyat Qurilish Akademiyasi. O‘zbekistonning yangi tarixi markazi. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachilligi davrida. -T.: Sharq, nashriyoti: 2000. - 29 b.

10. Xayrullaev M. O‘zbek diplomatiyasi tarixidan (Tarixiy ocherklar va lavhalar) -T.: 2003. -337 b.

Published

2026-05-19