ARAB TILIDA MOZIY FE'LI SHAKLINING LISONIY TABIATI VA PRAGMATIK POTENSIALI

Authors

  • Malikov marufjon abdullajon o‘g’l Author

Keywords:

moziy, pragmatik, arab, shakli, grammatik, soʻzlovchining, kelajak, sodir, vaqt, huquqiy

Abstract

Arab tilshunosligining tamal toshini tashkil etuvchi fe’l turkumi va uning zamon tizimi azaldan funksional boyligi bilan ajralib turadi. An’anaviy arab grammatikasida moziy shakli asosan nutq soʻzlanayotgan paytdan oldin tugallangan ish-harakatni ifodalovchi grammatik shakl sifatida oʻrgatiladi. Biroq, zamonaviy pragmalingvistika va diskurs tahlili shuni koʻrsatadiki, moziy fe’lining vazifasi faqatgina xronologik oʻtmish bilan cheklanmaydi. Kommunikativ vaziyat, soʻzlovchining maqsadi va matn kontekstiga qarab moziy fe’li oʻzining invariant (asosiy) ma’nosidan uzoqlashib, mutloq yangi ma’no va funksiyalarni kasb etadi. Ushbu maqolada arab tilidagi moziy fe’li shaklining lisoniy tabiati va uning matnda namoyon boʻladigan pragmatik konnotatsiyalari tahlil qilinadi. 1. Moziy fe’lining grammatik va pragmatik tabiati Arab tili tizimida moziy fe’li oʻzining turgʻun morfologik asosga egaligi bilan ajralib turadi. Ammo uning pragmatik tabiati juda dinamikdir. Tilshunoslikda zamon tushunchasi sof grammatik koʻrsatkich (Tense) hamda subyektivkontekstual munosabatni ifodalovchi pragmatik vaqt (Temporal\ Pragmatics) sferalariga boʻlinadi.

References

1 Ibn Jinniy, Abu-l-Fath. al-Khasā’is (الخصائص). – al-Qohira: Dor al-Kutub al-Misriyya, 1952.

2 Zamaxshariy, Mahmud ibn Umar. al-Mufassal fī san’at al-i’rāb (المفصل في صنعة الإعراب). – Bayrut: Dor al-Jiygʻ, 1993.

3 Jurjoniy, Abdulqohir. Dalā’il al-i’jōz fī ’ilm al-ma’ānī (دلائل الإعجاز). – al-Qohira: Matba’at al-Madaniy, 1992.

4 Suyutiy, Jaloliddin. al-Itqān fī ’ulūm al-Qur’ān (الإتقان في علوم القرآن). – al-Qohira: Dor al-Turays, 1978.

5 Samarrai, Fadhil Salih. Ma’ānī al-abniyah fī al-’arabiyyah (معاني الأبنية في العربية). – Ammān: Dor Ammān, 2007.

6 Austin, John L. How to Do Things with Words. – Oxford: Oxford University Press, 1962.

7 Searle, John R. Speech Acts: An Essay in the Philosophy of Language. – Cambridge: Cambridge University Press, 1969.

8 Mahmudov, N. Oʻzbek tilidagi sodda gaplarda semantik-pragmatik aspektlar. – Toshkent: Fan, 1998.

9 Hakimov, M. Oʻzbek pragmalingvistikasi asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2013.

Published

2026-06-01