AHOLINING BANK XIZMATLARIDAN FOYDALANISH DARAJASI: STATISTIK TAHLIL

Authors

  • Shakirova Nigora Axralovna Author
  • Abdumuxtorova Dilorom Author

Keywords:

moliyaviy inklyuziya, bank xizmatlari, bank kartalari, masofaviy bank xizmatlari, statistik tahlil, dinamik qator, omonatlar, O'zbekiston

Abstract

Ushbu maqolada O'zbekiston aholisining bank xizmatlaridan foydalanish darajasi 2023-2026-yillardagi statistik ko'rsatkichlar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda Markaziy bank ma'lumotlari, Jahon bankining Global Findex 2025 bazasi hamda 2025-yil uchun e'lon qilingan Milliy moliyaviy inklyuziya indekslari o'zaro solishtirildi. Dinamik qatorlar, nisbiy va o'rtacha ko'rsatkichlar hamda tarkibiy tahlil usullaridan foydalanildi. Hisob-kitoblar shuni ko'rsatdiki, muomaladagi bank kartalari soni 2023-yil boshidagi 34,2 milliondan 2026-yil boshida 68,27 milliongacha o'sgan, biroq zanjirli o'sish sur'ati 135,1 foizdan 110,1 foizgacha sekinlashgan. Hisob raqamiga ega kattalar ulushi Global Findex bo'yicha 60 foiz, Markaziy bankning ma'muriy ma'lumotlari bo'yicha esa 86 foizni tashkil etadi. Bankda jamg'aradigan kattalar ulushi atigi 10 foiz bo'lib, bu foydalanish chuqurligi qamrovdan ortda qolayotganini bildiradi. Maqola oxirida aholining omonat va kredit xizmatlaridan foydalanishini kengaytirish bo'yicha takliflar berilgan.

References

1. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Milliy moliyaviy inklyuziya indekslari,

2025-yil (pilot hisob-kitob). cbu.uz/en/press_center/reviews/4376369/

2. Alliance for Financial Inclusion. Uzbekistan launches its National Financial

Inclusion Indices. 2026-yil 17-sentabr. afi-global.org

3. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Chiqarilgan bank kartalari, POSterminallar, bankomatlar va o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish kiosklari to'g'risida ma'lumot

(2026-yil 1-iyul holatiga). cbu.uz/en/statistics/paysistem/

4. Yuz.uz. O'zbekistonda bank kartalari soni 68 millionidan oshdi (Markaziy bank

ma'lumotlari, 1.01.2026). 2026-yil 10-fevral. yuz.uz

5. PLUSworld.ru. Число пользователей ДБО в Узбекистане возросло в полтора

раза (данные ЦБ РУз на 1.01.2023). plusworld.ru

6. Ranking.kz. Банки Узбекистана активно развивают дистанционные каналы

обслуживания. 2024-yil 4-noyabr. ranking.kz

7. Strengthening cyber resilience in the digital transformation of commercial banks:

lessons for Uzbekistan from global practice (Markaziy bank 2025-yil yillik hisoboti

ma'lumotlari asosida). Zenodo, 2026. doi.org/10.5281/zenodo.22663061

8. Global Findex 2025 - Uzbekistan at a Glance. GFRID

World Bank. The Global

Findex Database 2025. worldbank.org/en/publication/globalfindex

9. Anhor.uz. Beshta yirik bank masofaviy moliyaviy xizmatlar bozorining 70 foizidan

ortig'ini nazorat qiladi. 2025-yil 23-oktabr. anhor.uz

10. Kapital.uz. Рост популярности цифровых финансов в Узбекистане (Global

Findex 2021 ma'lumotlari). 2023-yil 20-oktabr. kapital.uz

11. UzDaily.uz. Uzbekistan Banking Assets Exceed 1 Quadrillion Soums. 2026-yil

28-iyul. uzdaily.uz

12. UzDaily.uz. Uzbek Banks' Assets Surpass 1 Quadrillion Soums (1.08.2026

holatiga). uzdaily.uz

13. Trend.az. Uzbekistan's mortgage lending reaches $1.5B in 8M2026. 2026-yil 18-

sentabr. trend.az

14. Visa Economic Empowerment Institute. World Bank Global Findex 2025 insight.

corporate.visa.com

Published

2026-09-24