NAVOIYNING “MAHBUB UL-QULUB” ASARIDA ODIL PODSHOH TAVSIFI

Authors

  • Kamoliddin Sadritdin o‘g‘li Tojiddinov Author
  • Gʻulomjon Bobojonov Author

Keywords:

Alisher Navoiy, “Mahbub ul-qulub”, odil podshoh, masnaviy, adolat, faqr, darveshvashlik, xalqparvarlik, insoniylik, Sulton Husayn Boyqaro.

Abstract

Maqolada Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari birinchi qismining “Odil salotin zikrida” faslini yakunlovchi yetti baytli masnaviy tahlil qilinadi. Masnaviy baytma-bayt sharhlanib, undagi “darveshvash”, “faqr”, “ahli faqr”, “ko‘ngul mulki”, “be-navolar”, “nishot” kabi tayanch tushunchalarning mazmuni ochib berildi. Tahlil natijasida Navoiy tasvirlagan odil hukmdor obrazining asosiy fazilatlari — kamtarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik, saxovat va mas’uliyat — hamda ularning jamiyat tinchligi va farovonligi bilan uzviy bog‘liqligi asoslandi. Shoirning adolat, hokimiyat va xalq manfaati haqidagi qarashlarining bugungi kundagi ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati ko‘rsatib berildi.

References

1. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub // Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. – 14-jild. – Toshkent: Fan, 1998.

2. Alisher Navoiy asarlarining izohli lug‘ati. 4 jildlik. – Toshkent: Fan, 1983–1985.

3. Navoiy asarlari lug‘ati / Tuzuvchilar: P. Shamsiyev, S. Ibrohimov. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1972.

4. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. – Toshkent: Sharq, 2002.

5. Hayitmetov A. Navoiyning ijodiy metodi masalalari. – Toshkent, 1963.

6. Is’hoqov Yo. Navoiy poetikasi. – Toshkent: Fan, 1983.

7. Komilov N. Tasavvuf. – Toshkent: Movarounnahr – O‘zbekiston, 2009.

8. Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979.

9. Sirojiddinov Sh. Alisher Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili. – Toshkent: Akademnashr, 2011.

10. Haqqulov I. Navoiyga qaytish. – Toshkent: Fan, 2007.

11. Zohidov V. Ulug‘ shoir ijodining qalbi. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1970.

Published

2026-09-29