BOSHLANG'ICH TA'LIMDA LEKSIKOLOGIYA BO'LIMINI INTERFAOL USULLARDA O'RGANISH
Keywords:
boshlang‘ich ta’lim, leksikologiya, interfaol metod, lug‘at boyligi, nutqiy kompetensiya, didaktik o‘yin, sinonim, antonim, ko‘p ma’noli so‘z, o‘quvchi faolligi, mustaqil fikrlash.Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda leksikologiya bo‘limini interfaol metodlar asosida o‘rganishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining lug‘at boyligini oshirish, so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini anglash, ko‘p ma’noli so‘zlarni farqlash, ma’nodosh va qarama-qarshi ma’noli so‘zlarni aniqlash, so‘zlarni nutqiy vaziyatga mos holda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, leksikologik bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Venn diagrammasi”, “Sinkveyn”, “So‘z top”, “Kim ko‘p so‘z biladi?” kabi interfaol metod va didaktik o‘yinlardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Interfaol ta’lim o‘quvchini tayyor bilimni qabul qiluvchi emas, balki o‘quv jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishi, mustaqil fikrlash, muloqot qilish va o‘z fikrini asoslash ko‘nikmalarini rivojlantirishi bilan ahamiyatlidir.References
1.Abdullayev A. O‘qish savodxonligi darslarida pedagogik texnologiyalar. – Toshkent, 2022. – 168 b.
2.Abdullayeva D. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi. – Toshkent, 2020. – 192 b.
3 Aydarova U.B., Azizova N.K. O‘qish savodxonligi: 3-sinf, 3-qism. – Toshkent, 2023. – 7 b.
4. Aydarova U.B., Azizova N.K. O‘qish savodxonligi: 4-sinf, 1-qism. – Toshkent, 2023. – 4 b.
5 Gadayev O.Y. Ona tili: O‘quv qo‘llanma. – Samarqand: "SamDCHTI" nashriyoti, 2024. – 181 b.
6. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh. Ona tili: Darslik. – Toshkent: Moliya-iqtisod, 2017. – 300 b.
7. Hasanov T., Tursunova T. Ta’limda interfaol metodlar. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020. – 184 b.
8. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M. O‘zbek tilidan mashqlar to‘plami. – Toshkent: TDPU, 2009. – 240 b.
9. Jo‘raeva N. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligini rivojlantirish texnologiyalari. – Toshkent, 2023. – 176 b.
10. Matchonov S. va boshq. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Bayoz, 2022. – 701 b.
11. Matjon S. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish metodikasi. – Toshkent: TDPU, 2010. – 210 b.
12. Shodiyev F. Ona tili: Darslik. – Samarqand: SamDU nashri, 2025. – 400 b.
13. Shodiyev F. Ona tili: O‘quv qo‘llanma. – Samarqand: SamDU nashri, 2020. – 405 b.
14. Xujamkulova N. Umumta’lim maktablarida xalqaro dasturlar asosida o‘qish savodxonligini oshirish metodikasini takomillashtirish (PIRLS, EGRA xalqaro dasturlari asosida): Monografiya. – Samarqand, 2025.
15. Ernazarova L., Mirsanova M. Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi [Elektron resurs]: Elektron darslik. – Samarqand, 2024.