ZAMONAVIY ERTAKLARDA MAVZU VA GʻOYA MASALASI
Keywords:
zamonaviy ertak, adabiy ertak, neofolklor, mavzu va gʻoya, faol qahramon, texnologiya, ekologik muammolar, empatiya, salbiy obraz, bolalar adabiyoti.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy ertaklarda mavzu doirasining kengayishi va gʻoyaviy yoʻnalishlarning oʻzgarishi tahlil qilinadi. Anʼanaviy xalq ertagi bilan mualliflik adabiy ertagining tipologik farqlari, yangi davr qahramoni obrazining shakllanishi, janrning tarbiyaviy va psixologik ahamiyati yoritilgan. Ekologik muammolar, texnologiya, emotsional savodxonlik, gender tengligi va salbiy obrazlar talqini kabi yoʻnalishlar X.Toʻxtaboyev, A.Obidjon asarlari hamda jahon bolalar adabiyotining ayrim namunalari asosida qiyosiy oʻrganilgan. Tadqiqot zamonaviy ertakda sehr va tarbiya muvozanatini saqlash masalasi dolzarb ekanini koʻrsatadi.References
1. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lugʻati. — Toshkent: Akademnashr, 2013.
2. Tatar M. (ed.) The Cambridge Companion to Fairy Tales. — Cambridge: Cambridge University Press, 2015.
3. Joʻrayev M. Folklorshunoslik asoslari. — Toshkent: Fan, 2009.
4. Yoʻldosh Q., Yoʻldosh M. Badiiy tahlil asoslari. — Toshkent: Kamalak, 2016.
5. Bettelheim B. The Uses of Enchantment: The Meaning and Importance of Fairy Tales. - New York: Alfred A. Knopf, 1976.
6. Obidjon A. Oltin yurakli Avtobola: qissa. — Toshkent: Ziyo nashr, 2024.
7. Jamilova B. Oʻzbek bolalar adabiyoti. — Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2020.
8. Toʻxtaboyev X. Sariq devni minib. — Toshkent: Yosh gvardiya, 1982.
9. Obidjon A. Dahshatli Meshpolvon: qissa-doston. — Toshkent: Sharq, 2019.