OʻTKIR HOSHIMOVNING “TUSHDA KECHGAN UMRLAR” ROMANINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TAHLIL

Authors

  • Abdunazarova Dilyora Author

Keywords:

Oʻtkir Hoshimov, “Tushda kechgan umrlar”, Afgʻon urushi, qatagʻon, “Oʻzbek ishi”, psixologik roman, xotira, vijdon, sadoqat, manqurt obraz.

Abstract

Ushbu maqolada Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romani ijtimoiy-psixologik jihatdan tahlil qilinadi. Asarda shoʻro davrining eng ogʻriqli sahifalari – 1930-yillardagi qatagʻon siyosati, Afgʻon urushi fojeasi hamda 1980-yillardagi “Oʻzbek ishi” (paxta ishi) voqealari badiiy toʻqimalardan xoli, hayotiy haqiqat asosida yoritilgan. Roman qahramonlari – Rustam, Shahnoza, Komil chol, Soat Gʻaniyev (Komissar) obrazlari orqali inson ruhiyatidagi jarohatlar, vijdon, xiyonat, sadoqat va adolat izlash kabi universal muammolar ochib beriladi. Asarning psixologik chuqurligi, retrospektiv syujet tuzilishi va til soddaligi uni oʻzbek adabiyotidagi eng muhim ijtimoiy-psixologik romanlardan biri sifatida belgilaydi.

References

1. Hoshimov Oʻ. Tushda kechgan umrlar: roman. – Toshkent: Sharq, 1994.

2. Hoshimov Oʻ. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot, turli yillar.

3. Abdusalomova S., Usarova L. Oʻtkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romani obrazlariga tavsif // Modern education and development. – 2024. – Vol. 14, No. 2. – B. 236–238.

4. Yusupova Sh.K. Oʻtkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida urush mavzusining badiiy talqini // Science Time Journal.

5. Mirzayeva R.V. “Tushda kechgan umrlar” romanida sujet va obrazlar tahlili // Ilmiy maqolalar toʻplami.

6. Sevandikova S. “Tushda kechgan umrlar” asarida inson ruhiyatining badiiy talqini // Nauchnyy impuls. – 2025.

7. Rizonova M.Gʻ. “Tushda kechgan umrlar” romanidagi obrazlar tahlili // Modern Science. – 2025.

8. Toʻylieva S.E. “Tushda kechgan umrlar”: xotira, dard va vijdonning adabiy ifodasi // Universal Publishing. – 2025.

9. Usmonxojayeva Z.A. Otkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” asari sotsiolingvistik tahlili // International journal of science and technology. – 2025. – Vol. 02, Issue 04. – B. 72–73.

Published

2026-10-08