KIBERXAVFSIZLIK ASOSLARI VA UNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI

Authors

  • Salayeva Dilnoza Mirzaqulovna Author
  • Qayumova Yulduz Toxirovna Author
  • Shodmonqulova Muxabat Rustam qizi Author

Keywords:

kiberxavfsizlik, kibertahdidlar, fishing, ijtimoiy muhandislik, zararli dasturlar, shifrlash, ikki bosqichli autentifikatsiya, axborot xavfsizligi

Abstract

Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda jahon miqyosida raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt va internet tarmoqlarining shiddat bilan rivojlanishi insoniyat hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) iqtisodiyot, ta'lim, sog‘liqni saqlash, moliya va davlat boshqaruvining barcha jabhalariga chuqur kirib bordi. Biroq, ushbu global raqamlashuv jarayoni o‘zi bilan birga katta xavf-xatarlarni ham olib keldi. Bugungi kunda kiberjinoyatchilik global muammoga aylanib, nafaqat yirik kompaniyalar, balki oddiy fuqarolarning ham xavfsizligiga tahdid solmoqda. Shu sababli, kiberxavfsizlikni ta'minlash, shaxsiy va korporativ ma'lumotlarni himoya qilish hamda raqamli gigiyena qoidalariga rioya qilish har bir davlat va shaxs oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Ushbu loyiha kiberxavfsizlikning nazariy va amaliy jihatlarini ochib berishga qaratilgan.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonuni. Toshkent, 2022-yil.

2. Karimov I.A. «Yuksak intellektual avlodni tarbiyalash — mamlakat taraqqiyotining garovi». Toshkent: «O‘zbekiston», 2018.

3. Raxmonov S.X. «Axborot xavfsizligi asoslari». O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2023.

4. Stallings W. «Computer Security: Principles and Practice». Pearson, 2020.

5. Rasmiy internet resurs: www.gov.uz

Published

2026-11-02