O‘ZBEKISTONDA AKADEMIK ESHKAK ESHISH SPORTINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
akademik eshkak eshish, jismoniy tayyorgarlik, sport mashg‘uloti, texnik mahorat, murabbiy, yoshlar sporti, sport infratuzilmasiAbstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonda akademik eshkak eshish sport turini yanada rivojlantirish imkoniyatlari, mavjud muammolar va ularning yechimlari tizimli tahlil qilingan. Oxirgi yillarda mamlakatimiz sportchilarining xalqaro maydonlarda, xususan, Jahon kubogi va Jahon chempionatlarida qo‘lga kiritayotgan tarixiy g‘alabalari mazkur sport turining istiqboli yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda. Tadqiqot davomida moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilish, zamonaviy o‘quv-mashg‘ulot uslubiyotlarini joriy etish hamda professional murabbiylar va seleksiya tizimini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, sportchilarning jismoniy va funksional tayyorgarligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.References
1. O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-394-sonli “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2015.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. – Toshkent, 2020.
3. Secher N. H., Volianitis S. (eds.). Rowing. Handbook of Sports Medicine and Science. – Wiley-Blackwell, 2007.
4. Bompa T. O., Buzzichelli C. Periodization: Theory and Methodology of Training. – 6th ed. – Human Kinetics, 2019.
5. Platonov V. N. Sistema podgotovki sportsmenov v olimpiyskom sporte. Obshchaya teoriya i yeye prakticheskiye prilozheniya. – Kiev: Olimpiyskaya literatura, 2015.