ADABIYOT VA RUHIY DAVOLANISH: SO‘ZNING SHIFOBAXSH KUCHI

Authors

  • Raxmonqulova Sabina Yorqin qizi Author

Keywords:

adabiyot, ruhiyat, shifo, badiiy asar, so‘z qudrati, biblioterapiya

Abstract

Mazkur maqolada adabiyotning inson ruhiyatiga ta’siri, so‘zning shifobaxsh kuchi va badiiy asarlar orqali kechadigan ruhiy tozalanish jarayonlari tahlil qilinadi.Cho‘lpon ,O‘tkir Hoshimov va Fyodor Dostoevskiy asarlarida insonning ichki og’riq orqali o’zini anglash jarayoni yoritilgan. Adabiyotning ruhiy dardni yengish, shaxsni poklash va umid baxsh etishdagi o‘rni tahliliy asosda yondashilgan. Inson ruhiyati nihoyatda murakkab, o‘zgaruvchan, nozik tuzulishga ega bo‘lib, uning shakllanishi ko‘plab ichki va tashqi omillar ta’sirida kechadi. Hayot davomida inson quvonch, umid, yolg‘izlik kabi turli ruhiy holatlarni boshdan kechiradi. Ana shunday paytlarda adabiyot-insonning eng yaqin hamrohi, ruhiy ko‘zgusi va eng ishonchli suhbatdoshi sifatida namoyon bo‘ladi. Chunki badiiy asar insonning ichki kechinmalarini tilga oladi, ularni shakllantiradi va eng muhimi, ular bilan qanday yashashni o’rgatadi.

References

1. Aristotel. Poetika. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980.

2. Cho‘lpon Kecha va kunduz. – Toshkent: Sharq, 2019.

3. O‘tkir Hoshimov Dunyoning ishlari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018.

4. Fyodor Dostoevskiy Jinoyat va jazo. – Moskva, 2015.

5. Karimov Sh. “Adabiyot va inson ruhiyati”. // Filologiya masalalari jurnali. – 2022.

Published

2026-05-14