SIYOSIY MADANIYAT VA UNING XALQ ORASIDA SHAKLLANISHI
Keywords:
Siyosiy ong, siyosiy madaniyat, siyosiy institutlar, “The Civic Culture”, siyosiy qarorlar, ta’lim tizimi, siyosiy bilimlar, siyosiy xulq-atvor, siyosatshunoslikAbstract
Ushbu maqolada siyosiy madaniyat tushunchasi, uning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda shakllanish omillari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Siyosiy madaniyat fuqarolarning siyosiy bilimlari, qadriyatlari, siyosiy jarayonlarga munosabati va siyosiy xulq-atvori majmui sifatida qaraladi. Tadqiqotlarda qayd etilishicha, siyosiy madaniyatning rivojlanishi jamiyatdagi demokratik jarayonlar barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, ta’lim tizimi, oila, ommaviy axborot vositalari, siyosiy institutlar va fuqarolik jamiyati institutlari siyosiy madaniyatni shakllantiruvchi asosiy omillar hisoblanadi. Bugungi kunda fuqarolarning siyosiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish orqali siyosiy madaniyatni rivojlantirish davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim shartlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Maqolada siyosiy madaniyatning mazmuni, tarkibiy elementlari hamda uni shakllantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy omillar haqida ilmiy xulosalar keltiriladi.References
1. https://www.britannica.com/topic/political-culture
2. G. Almond, S. Verba. “The Civic Culture”. - T.: Sage Printing. 1989. -B. 171.
3. X.T. Odilqoriyev, D.X. Razzoqov. “Siyosatshunoslik”- T.: Toshkent. 2012 - B.289.
4. https://www.sciencedirect.com/topics/social-sciences/political-culture
Downloads
Published
2026-05-17