KUNGABOQAR EKININI PARVARISHLASHDA IQTISODIY SAMARADORLIK (SUGʻORILADIGAN TIPIK BOʻZ TUPROQLAR SHAROITIDA)

Authors

  • Bozorov Xolmurod Maxmudovich Author
  • Nasirov Batiy-xan Sultanovich Author

Keywords:

kungaboqar, iqtisodiy samaradorlik, ishlab chiqarish xarajatlari, sof foyda, rentabellik, tannarx, mineral oʻgʻit meʼyori, chegaraviy tahlil, tipik boʻz tuproq

Abstract

Ushbu maqolada sugʻoriladigan tipik boʻz tuproqlar sharoitida qora kungaboqar (Tarsan urugʻi) yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi mineral oʻgʻit meʼyorlari kesimida baholangan. Iqtisodiy hisob-kitoblar 2026-yilda 1,0 × 2,0 m oʻlchamli ogʻirlik-drenajli lizimetrlarda oʻtkazilgan 6 variantli tajriba (1 — nazorat, oʻgʻitsiz; 2 — N100P70K30; 3 — N150P105K45; 4 — N200P140K60; 5 — N250P175K75; 6 — N300P210K90) hosildorlik maʼlumotlari asosida bajarildi. Ishlab chiqarish xarajatlari, yalpi daromad, sof foyda, rentabellik darajasi, mahsulot tannarxi, oʻgʻitga sarflangan xarajatning qoplanish koeffitsiyenti (VCR) hamda chegaraviy (marjinal) tahlil koʻrsatkichlari aniqlandi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, mineral oʻgʻit meʼyori oshishi bilan hosil N250P175K75 variantigacha (3,21 t/ga) ortgan boʻlsa-da, eng yuqori iqtisodiy samara N200P140K60 variantida olindi: 1 kg urugʻ narxi 6 000 soʻm boʻlganda sof foyda 4,54 mln soʻm/ga, rentabellik 32,0 %, urugʻ tannarxi 4 545 soʻm/kg ni tashkil etdi. Nazoratga nisbatan qoʻshimcha sof foyda 3,35 mln soʻm/ga boʻldi. Meʼyorni N250P175K75 ga oshirish qoʻshimcha 0,09 t/ga hosil bergan holda 0,94 mln soʻm/ga qoʻshimcha xarajat talab qildi va chegaraviy samara manfiy (−0,40 mln soʻm/ga) boʻldi. Sezgirlik tahlili N200P140K60 varianti urugʻ narxi 4 545 soʻm/kg dan yuqori boʻlganda zarar keltirmasligini koʻrsatdi.

References

1. Dobermann A. Nutrient use efficiency — measurement and management // IFA International Workshop on Fertilizer Best Management Practices. – Brussels, 2007. – P. 1–28.

2. CIMMYT Economics Program. From agronomic data to farmer recommendations: an economics training manual. Completely revised edition. – Mexico, D.F.: CIMMYT, 1988. – 79 p.

3. Dospexov B.A. Metodika polevogo opyta. – Moskva: Agropromizdat, 1985. – 351 s.

4. Dala tajribalarini oʻtkazish uslublari (uslubiy qoʻllanma). – Toshkent: Oʻzbekiston paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti, 2007. – 148 b.

5. Moyli ekinlar yetishtirish agrotexnologiyasi. – Toshkent: ZiyoNET elektron kutubxonasi nashri, 2018. – 96 b.

6. Ortikov T.K., Muradov Sh.Sh. Kungaboqar oʻsimligining biometrik koʻrsatkichlariga kaliyli oʻgʻitlar shaklining taʼsiri // Agroinnovatsiya jurnali. – Toshkent, 2024. – Vol. 02, Iss. 02. – ISSN 3030-3249.

7. Raxmonova M.U., Qurbonov A.A., Poʻlatov S.M. Mineral oʻgʻitlar qoʻllashning kungaboqar hosildorligini oshirishdagi ahamiyati // European Journal of Interdisciplinary Research and Development. – 2024. – Vol. 32. – P. 1–5.

8. Ahmadjonova G.A., Asatova S.S. Tipik boʻz tuproqlar sharoitida Ecogumin organik oʻgʻiti va maʼdanli oʻgʻitlar meʼyorlarining gʻoʻzaning oʻsishi va rivojlanishiga taʼsiri // Agro kimyo himoya va oʻsimliklar karantini. – Toshkent, 2026. – Vol. 118, № 3. – DOI: 10.63241/AKHVvol118y2026iss3m46.

9. Siddiqov R.I. Kungaboqarning mavjud nav va duragaylarini sugʻoriladigan sharoitda oʻrganish // Oil crops research bulletin. – Toshkent, 2022. – № 2. – B. 24–29.

10. Idrisov X.A. Sugʻoriladigan tipik boʻz tuproqlar sharoitida mosh navlarini oʻrganish // Agro kimyo himoya va oʻsimliklar karantini. – Toshkent, 2022. – № 2. – B. 31–35.

11. Yu D., Shi P., Zhang Y., et al. Sunflower response to potassium fertilization and nutrient requirement estimation // Journal of Integrative Agriculture. – 2018. – Vol. 17 (12). – P. 2802–2812.

12. Chen L., Zhang Y., et al. Optimizing water-nitrogen management enhances sunflower productivity and seed quality while mitigating soil nitrogen residues in a cold and arid environment // Plant and Soil. – 2025. – DOI: 10.1007/s11104-025-07597-y.

13. Ierna A., Pandino G., Lombardo S., Mauromicale G. Tuber yield, water and fertilizer productivity in early potato as affected by a combination of irrigation and fertilization // Agricultural Water Management. – 2011. – Vol. 101 (1). – P. 35–41.

14. Ammiakli selitra ulgurji narxi (QQSsiz va QQS bilan) // «Navoiyazot» AJ rasmiy sayti. – https://www.navoiyazot.uz/uz/posts/fermer-tadbirkor-va-fuqarolar-diqqatiga-483

Published

2026-10-05