TURLI AGROTEXNIK OMILLAR ASOSIDA YETISHTIRILGAN RASTOROPSHA URUG‘LARI TARKIBIDAGI FLAVOLIGNANLAR (SILIMARIN KOMPLEKSI) MIQDORINI ANIQLASH

Authors

  • ALAVDINOV MUXAMMAD HAQAITXON OʻGʻLI Author

Keywords:

Silybum marianum L., rastoropsha, flavolignanlar, silimarin, silibinin, silychristin, silydianin, agrotexnika, dorivor xomashyo.

Abstract

Ushbu tezisda turli agrotexnik omillar asosida yetishtirilgan olachipor rastoropsha (Silybum marianum L.) urug‘lari tarkibidagi flavolignanlar, xususan, silimarin kompleksi miqdorini aniqlash masalalari yoritilgan. O‘simlikning oziqlanishi, sug‘orish rejimi, ekish muddati, ekish zichligi va hosilni yig‘ib olish muddatining urug‘ tarkibidagi biologik faol moddalar to‘planishiga ta’siri tahlil qilingan. Silimarin tarkibidagi asosiy flavolignanlar va ularni zamonaviy laboratoriya usullari yordamida aniqlashning ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari dorivor xomashyoning sifatini oshirish va rastoropsha yetishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirish uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

References

1. Abenavoli L., Capasso R., Milic N., Capasso F. Milk thistle in liver diseases: past, present, future. Phytotherapy Research.

2. Bijak M. Silybin, a major bioactive component of milk thistle: chemistry, bioavailability, and biological activity. Molecules.

3. Karkanis A., Bilalis D., Efthimiadou A. Cultivation of milk thistle: a review. Industrial Crops and Products.

4. European Medicines Agency. Silybum marianum (L.) Gaertn., fructus. Herbal medicinal product assessment report.

5. Polyak S.J., Morishima C., Lohmann V., Pal S., Lee D.Y.W., Liu Y., Graf T.N., Oberlies N.H. Identification of hepatoprotective flavonolignans from milk thistle.

6. Statti G.A., Conforti F., Sacchetti G. Milk thistle: phytochemical composition and biological properties.

Published

2026-10-07