HARBIY XIZMAT SHAROITIDA FARZANDLARNING UZLUKSIZ MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASINI TASHKIL ETISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
Keywords:
harbiy xizmatchi oilasi, uzluksiz tarbiya, ma'naviy-axloqiy tarbiya, pedagogik tizim, rotatsiya, ijtimoiy-pedagogik moslashuv, pedagogik hamkorlik, ota-onalar kompetentligi.Abstract
Mazkur maqolada harbiy xizmatchilar oilalarida uzluksiz ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishning o‘ziga xos pedagogik xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Harbiy xizmatning murakkab shart-sharoitlari, xususan, muntazam hududiy rotatsiya (ko‘chish) jarayonlarining farzandlar ijtimoiy-pedagogik moslashuviga ta’siri chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga tayangan holda, harbiy oilalarda tarbiya uzluksizligini ta’minlash maqsadida “Ta’lim muassasasi – Oila – Harbiy qism” hamkorligiga asoslangan integratsiyalashgan pedagogik mexanizmlarni yaratish, ota-onalarning pedagogik kompetentligini yuksaltirish hamda maxsus adaptiv ta’lim-tarbiya dasturlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.References
1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2022. – 416 b.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 590-son “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oila a'zolari bilan ishlash tizimining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. – Toshkent: QMMB, 2022.
3. Musurmonova O. Oila ma’naviyati – milliy g‘urur. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1999. – 200 b.
4. Qodirov U.D. Yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlari. – Toshkent: “Ma'naviyat”, 2019. – 144 b.
5. G‘afurov B.T. Harbiy xizmatchilarning farzandlarini barkamol shaxs etib tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Buxoro: BuxDU, 2024. – 56 b.
6. To‘raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda ilmiy bilish metodologiyasi. – Toshkent: “Zarqalam”, 2005. – 160 b.
7. Xasanov A.A. Harbiy pedagogika va psixologiya asoslari. – Toshkent: Mudofaa vazirligi nashriyoti, 2018. – 240 b.
8. Shoumarov G.B. Oila pedagogikasi va psixologiyasi. – Toshkent: “Sharq”, 2011. – 280 b.
9. Ibragimov X.I., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2008. – 288 b.
10. Jalolova M.O. Harbiylar oilasida tarbiyaviy muhit va uzluksiz ta'limning pedagogik mexanizmlari. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent: TDPU, 2024. – 52 b.