QIMMATLI OZIQ-OVQAT EKINI – YERYONGʻOQ YETISHTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Authors

  • Yoqutbek Turdiyev Author
  • Uzaqov Gʻulomjon Oqbutayevich Author

Keywords:

yeryongʻoq, tomchilatib sugʻorish, suv tejamkor texnologiya, qurgʻoqchilikka chidamlilik, hosildorlik, mineral oʻgʻitlar, Surxondaryo viloyati, innovatsion texnologiya

Abstract

Yer sharining uchdan ikki qismi suv bilan qoplangan bo‘lib, uning 97,5 foizini iste’molga yaroqsiz sho‘r suvlar tashkil etadi. «Mavjud suv resurslarining bor-yo‘g‘i 2,5 foizi chuchuk suv zahiralari bo‘lib, uning 70 foiz qismi muzliklar, 29 foizi yer osti suvlari va 1,0 foizi ko‘l va daryo suvlaridir». Dunyoda global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, irrigatsiya va melioratsiya ishlari samaradorligini oshirish, suvni tejash, sug‘orishning tejamkor innovatsion texnologiyalarini keng joriy etish dolzarb hisoblanadi. Dunёda global iqlim o‘zgarishi iqtisodiёtning barcha sohalarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omilga aylanmoqda. Ayniqsa, iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jalik iqtisodiёtiga ta’siri yuqoridir, chunki qishloq xo‘jaligi ob-havo sharoitiga bog‘liq tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham suv tejamkor sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ilmiy izlanishlarni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Respublikamizda sug‘orib dehqonchilik qilinadigon maydonni sug‘orish uchun bir yilda 46 mlrd kub metr suv sarflanadi. Biroq, o‘simliklar ushbu suvning 60 foizidan foydalanadi xolos, uning qolgan qismi turli tarzda isrof bo‘lib ketadi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligida ekinlarni sug‘orishning zamonaviy suv tejamkor usullarini ishlab chiqish hamda kam suv sarflab, yuqori va sifatli hosil yetishtirish texnologiyalarini amaliёtga tadbiq qilish juda muhim vazifalardan hisoblanadi. Respublikamizda aholi sonining o‘sishi, eng zarur qishloq xo‘jalik mahsulotlari va xomashёga bo‘lgan ehtiёjning muntazam ko‘payib borishi natijasida suv resurslariga bo‘lgan talab yanada ortib bormoqda. Arid iqlimli mintakada joylashgan Surxondaryo viloyati Oʻzbekistonning eng janubiy maʼmuriy hududiy birligi boʻlib, mamlakatimizda tutgan janubiy geografik oʻrni, murakkab koʻrinishli orografik xususiyatlari, qurgʻoqchil (ekstemal) iqlimiy sharoiti, suv resurslari bilan kam taʼminlanganligi, aholisi va uning tabiiy oʻsishining respublikamizdagi oʻrtacha koʻrsatgichdan yuqori ekanligi, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida obikor dehkonchilikning ustunligi hozirgi iqlim isishi sharoitida suv resurslaridan unumli foydalanishni va qurgʻoqchilikka chidamli, suvni kam talab qiluvchi qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekishni dolzarb masala qilib qoʻygan. Surxondaryo viloyatida qishloq xoʻjaligida suv tanqisligi muammosi global iqlim oʻzgarishi, transchegaraviy suv resurslarining kamayishi hamda eskirgan sugʻorish tizimlari tufayli keskinlashmoqda. Asosiy sabablari Iqlim oʻzgarishi: Havo haroratining isishi va qor-muzliklarning erishi natijasida daryolarda suv miqdori kamaymoqda. Yuqori sarf: Qishloq xoʻjaligi mamlakatdagi umumiy suv resurslarining katta qismini (90% foizdan ortigʻini) isteʼmol qiladi, ammo eskirgan yer ustki sugʻorish usullari tufayli suv isrof boʻladi. Er osti suvlaridan foydalanish: Baʼzi hududlarda yer osti suvlaridan ruxsatsiz va nazoratsiz foydalanish holatlari kuzatiladi. Yechimlar va koʻrilayotgan choralar Tejamkor texnologiyalar: Tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlarini joriy etish. Suvni hisobga olish: Raqamli texnologiyalar va maxsus avtomatlashtirilgan platformalar (“Suv hisobi” AT) orqali suv hisob-kitobini shaffoflashtirish. Kanallarni betonlash: Irrigatsiya kanallarining oʻzanini betonlash orqali suv sizib ketishining oldini olish. Yeryongʻoq dunyoda moy beruvchi ekin sifatida ahamiyatligi jihatidan oltinchi oʻrinni egallaydi. Yeryongʻoq urugʻining tarkibida 48-50% yengil hazm boʻluvchi moy 26-28% yuqori sifatli oqsil, minerallar va vitaminlar mavjud. Yeryongʻoq moyi qurimaydigan moylar qatoriga kirib, sifatli jihatidan zaytun moyiga yaqin turadi. Yeryongʻoq moyidan sabzavot va baliq konservalari, oltmishdan ortiq konditer mahsulotlari tayyorlashda, margarin ishlab chiqarishda, parfyumeriya va sovun sanoatida samarali foydalaniladi. Yeryongʻoq poyasi va bargi chorva mollari uchun toʻyimli ozuqa boʻlib, donidan ajratib olingan yeryongʻoq poʻstlogʻidan aholi oʻtin sifatida foydalansa, sanoatda qurilish matiriallari (DVP, DSP) ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Yer yongʻoq ildizi qoldiqlari tuproqni chirindiga boyitsa uning ildizidagi azotobakteriyalar tuproq unumdorligini oshiradi. Yeryongʻoq oʻzidan begona oʻtlardan holi, toza unumdor yer qoldirib, undan keyin ekiladigan ekinga beriladigan azotli oʻgʻitni 20 foiziga tejash imkonyatini beradi. Yeryongʻoq yuqori haroratga qurgʻoqchilikka chidamliligi bois, Amerikaning ayrim shtatlarida beda yetishtirish imkonyati boʻlmagan hududlarida chorva uchun asosiy ozuqa manbai sifatida keng qoʻllaniladi. Paxta savzavot va poliz, boshoqli don ekinlari uchun yeryongʻoq eng yaxshi oʻtmishdon hisoblanadi. Oʻzbekistonda yer yongʻoq quruq meva sifatida yetishtiriladi. Hosilning asosiy qismi qovurilgan holatda ichki bozorlarda va qoʻshni Tojikiston, Turkmaniston va Qozogʻiston respublikalari bozorlarida sotiladi. Yeryong‘oq yetishtirish Osiyo, Afrika va Amerika qit’alarida keng tarqalgan бўлиб, jahon miqyosidagi umumiy hosilning katta qismi sanoqli davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Dunyo бўйича yeryong‘oq yetishtirish hajmi 31,16 million gektar maydonda taxminan 57,56 million tonnani tashkil etаdi. Jarqoʻrgʻon tumanida har yili boshoqli don va boshqa ertagi ekinlardan boʻshagan 9,5-10 ming gektar maydonda yeryongʻoq yetishtiriladi. Yeryongʻoq issiqlik va qurgʻoqchilikka chidamli oʻsimlik boʻlsada, namsevar oʻsimlik hisoblanadi. Tumandagi asosiy yeryongʻoq yetishtiriladigan maydonlar Amu-Zang (bobotogʻ) va Oqtepa kanallari orqali suv bilan taʼminlanib, gullash davridan yongʻoqlarning shakllanishi yakunlangunga qadar namlikga talabchanligi yuqori boʻlib, bu davrda namlikning yetishmasligi hosildorlikka kuchli salbiy taʼsir koʻrsatadi. Ushbu davrda yeryongʻoq ekinini sugʻorish bilan bir paytda gʻoʻza sugʻorish ishlari ham amalga oshiriladi. Ya.V.Gubanov (1986) maʼlumotlariga koʻra, 1 tonna yeryongʻoq hosili va 2 tonna poyasi shakllanishi uchun oʻsimlik yerdan 80-85 kg azot, 18-20 kg fosfor va 30-35 kg kaliy oʻzlashtirishi kerak. Oʻsimlikni egatlab sugʻorishda juyaklarga katta miqdorda suv qoʻyilishi tuproqdagi azotli oʻgʻitlarning aksariyat qismi pastga yuvilib ketishiga sabab boʻladi, bu esa azotli mineral oʻgʻitlar meʼyorini oshirishni talab qiladi. Shuningdek, yana bir muammo – egatlab sugʻorilishi oqibatida tuproqning yuza qatlamini qatqaloq yuzaga keladi, bu esa genoforning tuproqqa sanchilishiga, 7-8 sm tuproqqa kirib borishiga toʻsqinlik qiladi va hosildorlikni pasayishiga olib keladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki yeryongʻoq yetishtirishda resurstejamkor sugʻorish usuli – tomchilatib sugʻorish texnologiyasini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishga joriy etish yeryongʻoqning urugʻ va poya hosildorligi yuqori boʻlishini, suv, mineral oʻgʻit va boshqa resurslarning iqtisod qilinishini, mahsulot yetishtiruvchi subyektlarning iqtisodiy barqarorligini taʼminlaydi.

Published

2026-10-08