“MIDNIGHT’S CHILDREN” VA “BOQIY DARBADAR” ROMANLARIDA MIF VA VOQELIKNING UYG‘UNLASHUV MEXANIZMLARI

Authors

  • Joʻraboyeva Xilola Raxmonjon qizi Author

Keywords:

sehrli realizm, mif, voqelik, mifologik sinkretizm, tarixiy xotira, xronotop, Salmon Rushdiy, Isajon Sulton, “Midnight’s Children”, “Boqiy darbadar”.

Abstract

Mazkur maqolada Salmon Rushdiyning “Midnight’s Children” (“Yarim tun farzandlari”) hamda Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” romanlarida mifologik tafakkur va tarixiy-real voqelikning badiiy uyg‘unlashuvi qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda sehrli realizm poetikasining ontologik, narrativ, xronotopik va funksional-g‘oyaviy mezonlari asosida ikki asarning mifologik qatlamlari, tarix va hujjatning badiiy vazifasi, vaqt va makonning tashkil etilishi, inson va tabiatning g‘ayritabiiy talqini hamda diniy-madaniy an’analarning o‘zaro munosabati yoritiladi. Tahlil natijasida har ikki roman real va noreal qatlamlarni qarama-qarshi qo‘yish emas, balki ularni yagona badiiy olamda birlashtirish orqali tarixiy haqiqatni yangicha idrok etishga xizmat qilishi aniqlanadi. Biroq Rushdiy mifologik obrazlarni ko‘proq kinoyaviy va desakralizatsion ruhda qo‘llasa, Isajon Sulton ularni ma’naviy-axloqiy va universal mazmun bilan uyg‘unlashtiradi.

References

1. Davronova R. A. Isajon Sultonning “Boqiy darbadar” asarida postmodernizm xususiyatlari // Buxoro davlat universiteti Ilmiy axboroti. – 2025. – № 10(3).

2. Жирмунский В. М. Сравнительное литературоведение: Восток и Запад. – Л.: Наука, 1979.

3. Quronov D. O‘ylashga undovchi asar // Sharq yulduzi. – Toshkent, 2010. – № 6. – B. 15–18.

4. Rushdie S. Midnight’s Children. – London: Jonathan Cape, 1981.

5. Sulton I. Boqiy darbadar: roman // Sharq yulduzi. – Toshkent, 2010. – № 6. – B. 15–67.

6. Sulton I. The Eternal Wanderer / transl. by C. Fort. – Costa Mesa (CA): Mazda Publishers, 2019.

7. “Sharq yulduzi” jurnali. – Toshkent, 2010. – № 6.

Published

2026-10-09