QIZIL LAVLAGINI QURUTISH VA UNDAN KUKUN OLISH TEXNALOGIYASI

Authors

  • Sovirova Marjona Muzrab qizi Author

Keywords:

qizil lavlagi kukuni, Beta vulgaris L., quritish texnologiyasi, liyofil quritish, vakuum quritish, kabinet quritish, betalainlar, betanin, fenolik birikmalar, antioksidant faollik, tabiiy oziq-ovqat rangi, funksional oziq-ovqat, blanchirlash, rehidratsiya, rang barqarorligi

Abstract

Qizil lavlagi (Beta vulgaris L.) kukuni tabiiy rang beruvchi (E162, yuqori antioksidantli funksional oziq-ovqat qo‘shimchasi va superfood sifatida jahon bozorida tobora ommalashmoqda. Ushbu maqolada qizil lavlagini quritish va kukun olishning zamonaviy texnologiyalari – kabinet (konvektiv), vakuum, liyofil (muzlatib quritish), mikroto‘lqinli va infrakizil quritish usullari solishtirildi. Quritish jarayonida namlik 87,5 % dan 1,9–4,1 % gacha kamayishi hisobiga quruq modda komponentlari 7–9 baravar konsentratsiyalansa-da, issiqlikka sezgir biofaol moddalar (betalainlar, fenolik birikmalar, S vitamini) turli darajada yo‘qotilishi aniqlandi. Eng yuqori sifatli kukun liyofil quritishda olinadi (betalainlarning 92–95 %, S vitaminining 80–85 % saqlanishi), vakuum quritish iqtisodiy jihatdan maqbul muqobil hisoblanadi (betalainlarning 78–85 % saqlanishi). Kabinet quritishda esa betalainlarning 40–50 % gacha yo‘qotilishi kuzatiladi. Texnologik jarayonni optimallashtirish (blanchirlash, dilim qalinligi 3–4 mm, bosqichma-bosqich harorat rejimi, inert gazli qadoqlash) orqali rang barqarorligi va biofaollikni sezilarli darajada oshirish mumkinligi isbotlandi. Maqola ilmiy tadqiqotlar va laboratoriya tajribalariga asoslangan holda qizil lavlagi kukuni ishlab chiqarishning eng samarali usullarini tavsiya etadi.

References

1. Ravichandran K. et al. Impact of processing of red beet on betalain content and antioxidant activity // Food Research International. – 2013. – Vol. 50. – P. 670–675.

2. Nistor O.V. et al. A comprehensive review on beetroot: technological properties of beetroot powder production // Critical Reviews in Food Science and Nutrition. – 2022. – Vol. 62, № 11. – P. 3045–3060.

3. Figiel A. Drying kinetics and quality of beetroots dehydrated by combination of convective and vacuum-microwave methods // Journal of Food Engineering. – 2010. – Vol. 98. – P. 461–470.

4. Kushwaha R. et al. Effect of different drying techniques on physicochemical and functional properties of beetroot powder // Journal of Food Processing and Preservation. – 2021. – Vol. 45, e15428.

5. Guldiken B. et al. Effect of air and freeze drying on phytochemical content of red and yellow beetroot // LWT – Food Science and Technology. – 2019. – Vol. 110. – P. 20–27.

Published

2026-10-09