OʻZBEKISTONDA KARTOSHKA YALPI HOSILINI DINAMIKA QATORLARI VA TREND MODELLARI YORDAMIDA STATISTIK BAHOLASH VA PROGNOZLASH
Keywords:
kartoshka yalpi hosili, dinamika qatorlari, trend modellari, eng kichik kvadratlar usuli, eksponensial trend, prognozlash, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligiAbstract
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda kartoshka yalpi hosili dinamikasi 2014–2024 yillar mobaynida statistik usullar yordamida tahlil qilingan. Tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasi Statistika agentligi rasmiy ma'lumotlari asosida dinamika qatorlarining analitik koʻrsatkichlari, uch yillik sirgʻaluvchi oʻrtacha, hamda chiziqli, eksponensial va parabola trend modellari qurilgan. Eng kichik kvadratlar (EKK) usuli bilan baholangan modellar determinatsiya koeffitsienti (R²), oʻrtacha absolyut foizli xatolik (MAPE) va Darbin–Uotson mezoni asosida taqqoslangan. Natijalar eksponensial trend modelining eng yuqori moslik darajasiga ega ekanligini koʻrsatdi (R² = 0,9950; MAPE = 1,04%). 2025–2027 yillarga prognoz natijalari keltirilgan.References
[1] Oʻzbekiston Respublikasi Statistika agentligi. Rasmiy statistik ma'lumotlar bazasi. https://stat.uz (murojaat: 29.10.2026).
[2] Oʻzbekiston Respublikasi Statistika agentligi. SDMX ma'lumotlar platformasi. https://sdmx.stat.uz (murojaat: 29.10.2026).
[3] Eliseeva, I.I. (2014). Statistika: darslik. — M.: Yurayt nashriyoti. — 656 b.
[4] Gujarati, D.N., Porter, D.C. (2009). Basic Econometrics. 5th ed. — New York: McGraw-Hill. — 922 p.
[5] Hyndman, R.J., Athanasopoulos, G. (2021). Forecasting: Principles and Practice. 3rd ed. — Melbourne: OTexts. https://otexts.com/fpp3/
[6] Box, G.E.P., Jenkins, G.M., Reinsel, G.C., Ljung, G.M. (2015). Time Series Analysis: Forecasting and Control. 5th ed. — Hoboken: John Wiley & Sons.
[7] Lind, D.A., Marchal, W.G., Wathen, S.A. (2018). Statistical Techniques in Business and Economics. 17th ed. — New York: McGraw-Hill.
[8] FAO (2024). FAOSTAT — Crops and Livestock Products. https://www.fao.org/faostat/ (murojaat: 29.10.2026).
[9] Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (2022). Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish strategiyasi 2022–2030. — Toshkent.