QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI YETISHTIRISH VA YETKAZIB BERISH SHARTNOMALARIDA TAVAKKALCHILIKNI TAQSIMLASH HAMDA FUQAROLIK-HUQUQIY JAVOBGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
agrar shartnoma, tavakkalchilik, fors-major, sababiy bog‘lanish, shartnomaviy javobgarlik, sug‘urta hodisasi, mahsulot yetkazib berish, zarar, dalillarni saqlashAbstract
Maqolada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va yetkazib berishda yuzaga keladigan tavakkalchilikni taraflar o‘rtasida taqsimlash hamda shartnomaviy javobgarlikni qo‘llash masalalari tahlil qilinadi. Odatiy ishlab chiqarish xavfi, yengib bo‘lmaydigan kuch, vaziyatning jiddiy o‘zgarishi va kontragentning majburiyatni buzishi o‘rtasidagi farqlar ochib beriladi. Muallif tavakkalchilikni uni boshqarish va dalillash imkoniyatiga mos taqsimlashni taklif qiladi. Sug‘urta hodisasining tan olinishi yetkazib berish majburiyatidan avtomatik ozod etmasligi asoslanadi. Paxta savdolariga doir shartnomalarni yopish jarayonida bajarilmaslik sabablarini qayd etish, agrar sug‘urtada muqobil xabardor qilish va dalillarni saqlash tartibini takomillashtirish yuzasidan aniq normativ takliflar ishlab chiqiladi.References
1. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. Birinchi qism. 1995-yil 21-dekabr. 333 va 383-moddalar. Rasmiy elektron manba: https://lex.uz/docs/-111189.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 680-son “Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini kreditlash hamda ularni realizatsiya qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. 2-ilova, 16¹ va 16²-bandlar. Rasmiy elektron manba: https://lex.uz/docs/-6705749.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 772-son “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari haqida”gi qarori. 1-ilova, 65–69-bandlar. Rasmiy elektron manba: https://lex.uz/docs/-7889295.
4. Zokirov I. B. Fuqarolik huquqi. I qism. Darslik. Qayta ishlangan va to‘ldirilgan beshinchi nashr. Mas’ul muharrir H. Rahmonqulov. Toshkent: TDYI nashriyoti, 2009. 49–50-b.
5. Topildiyev V. R., Jamalov N. K. Fuqarolik huquqi. Uslubiy qo‘llanma. Mas’ul muharrir O. Oqyulov. Toshkent: MUMTOZ SO‘Z, 2014. 75–76-b.
6. UNIDROIT, FAO, IFAD. Legal Guide on Contract Farming. Rome, 2015. IV–V boblar. Nashrning rasmiy tavsifi: https://www.unidroit.org/instruments/contract-farming/overview/.