O‘QUVCHILARNING MAKTABGA MOSLASHUVI JARAYONI VA UNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK QO‘LLAB-QUVVATLANISHI: KARMANA TUMANI MAKTABLARI TAJRIBASI

Authors

  • Habibullayeva Nargiza Aliyevna Author
  • Narziyeva Nodira Zaripovna Author

Keywords:

maktabga moslashuv, adaptatsiya, o‘quvchilar, psixologik-pedagogik yordam, maktab psixologi, Karmana tumani, bezovtalik, ijtimoiy adaptatsiya, korreksion mashg‘ulotlar

Abstract

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning maktabga moslashuvi (adaptatsiyasi) jarayoni, uning psixologik xususiyatlari va samarali psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot Navoiy viloyati Karmana tumani 9- va 29-sonli maktablari tajribasi misolida o‘tkazilgan bo‘lib, unda maktab psixologlari tomonidan amalga oshirilgan diagnostika, individual va guruhli korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar, shuningdek, ota-onalar va o‘qituvchilar bilan hamkorlikdagi ishlar yoritilgan. Maqolada maktabga moslashuvda yuzaga keladigan muammolar (bezovtalik, agressiya, o‘quv faoliyatiga qiziqishning pasayishi) va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni. (O‘RQ-637-son, 23.09.2020 y.)

2. Bojovich, L. I. "Problemy formirovaniya lichnosti v ontogeneze". Moskva: Psixologiya, 2008.

3. Elkonin, D. B. "Psixologiya igry". Moskva: Pedagogika, 1978.

4. Karimova V. "Psixologiya". Toshkent: Sharq, 2011.

5. Ochilov M., To‘rayev F. "Pedagogik psixologiya". Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.

6. Bityanova M.R. "Adaptatsiya rebenka k shkole: diagnostika, korreksiya, profilaktika". Moskva: Genetik, 2004.

Published

2026-05-20