TIKUVCHILAR ORASIDA OMMAVIY SPORT TADBIRLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHNING IJTIMOIY-SOG‘LOMLASHTIRUVCHI AHAMIYATI

Authors

  • Rayimova Nozima Olimjon qizi Author

Keywords:

ommaviy sport, jismoniy tarbiya, tikuvchilar, tikuvchilik korxonasi, sog‘lom turmush tarzi, sport infratuzilmasi, mehnat unumdorligi, korporativ boshqaruv, tiklovchi mashqlar, kasbiy salomatlik, ergonomika

Abstract

Mazkur maqolada tikuvchilar orasida ommaviy sport va sog‘lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etishning ijtimoiy-boshqaruv hamda kasbiy salomatlikni mustahkamlashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot 22 nafar tikuvchilik korxonasi xodimi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga asoslandi. Olingan ma’lumotlar tikuvchilarning katta qismi yuqori ish yuklamasi, uzoq muddat bir xil holatda o‘tirish, ish jadvalining sport bilan shug‘ullanish imkoniyatini cheklashi hamda sport infratuzilmasining yetarli emasligi sababli muntazam jismoniy faollikni to‘liq yo‘lga qo‘ya olmayotganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, respondentlarning aksariyati jismoniy tarbiya va sport kasbiy faoliyat samaradorligi, charchoqni kamaytirish, psixologik barqarorlik va jamoaviy muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini e’tirof etgan. Maqolada tikuvchilik korxonalarida qisqa tiklovchi mashqlar, ergonomik profilaktika, korporativ sport tadbirlari, rag‘batlantirish tizimi va sport infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-394-son. 2015-yil 4-sentabr. Lex.uz.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoni. 2020-yil 30-oktabr. Lex.uz.

3. World Health Organization. WHO guidelines on physical activity and sedentary behaviour. Geneva: World Health Organization, 2020.

4. Bull F.C., Al-Ansari S.S., Biddle S., et al. World Health Organization 2020 guidelines on physical activity and sedentary behaviour. British Journal of Sports Medicine. 2020

54(24):1451-1462.

5. Ramezani M., Biddle S.J.H., et al. Workplace interventions for increasing physical activity in employees: a systematic review. Journal of Occupational Health. 2022

64(1):e12358.

6. Schaller A., et al. Physical activity interventions in workplace health promotion: a review of reviews. Frontiers in Public Health. 2024

12:1353119.

7. Seidu R.K., et al. A systematic review of work-related health problems of factory workers in the textile and fashion industry. Journal of Occupational Health. 2024

66(1):uiae007.

8. Gebrye T., et al. Prevalence of musculoskeletal disorders among garment workers: a systematic review and meta-analysis. BMJ Open. 2025

15(1):e085123.

9. Grana E., et al. Investigating the effectiveness of a workplace intervention program for reducing pain and improving work-related outcomes. Healthcare. 2024

12(18):1815.

10. Pereira C.C.D.A., et al. Effects of physical activity programmes in the workplace among garment workers. Work. 2013.

Published

2026-05-20