O‘SMIRLIK DAVRIDAGI SHAXSLARARO MULOQOT VA EMOTSIONAL INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
Keywords:
o‘smirlik davri, shaxslararo muloqot, emotsional intellekt, emotsional barqarorlik, hissiy rivojlanish, muloqot madaniyati, psixologik trening, ijtimoiy moslashuv, empatiya, o‘zini anglash, psixologik yordam, interfaol metodlarAbstract
Mazkur maqolada o‘smirlik davrida shaxslararo muloqotning psixologik xususiyatlari hamda emotsional intellektni rivojlantirishning samarali usullari tahlil qilingan. O‘smirlik davrida yuzaga keladigan emotsional o‘zgarishlar, tengdoshlar bilan munosabatlar, ijtimoiy moslashuv jarayonlari va muloqot madaniyatining shakllanishi ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, maqolada emotsional intellektning o‘smir shaxsining rivojlanishidagi ahamiyati, his-tuyg‘ularni anglash va boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari haqida fikr yuritilgan. Trening mashg‘ulotlari, psixologik suhbatlar, rolli o‘yinlar va interfaol metodlarning o‘smirlarning muloqot madaniyati hamda emotsional barqarorligini shakllantirishdagi samaradorligi asoslab berilgan. Ota-ona, o‘qituvchi va psixolog hamkorligi o‘smirlarning sog‘lom ijtimoiy-psixologik rivojlanishida muhim omil ekanligi ta’kidlangan.References
1. Karimova V.M. Psixologiya. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019.
2. G‘oziev E.G‘. Yosh davrlari psixologiyasi. – Toshkent: Universitet, 2018.
3. Nishonova Z.T. Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2017.
4. Davletshin M.G. Pedagogik psixologiya asoslari. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020.
5. Vohidov M.V. Bolalar va o‘smirlar psixologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2016.
6. Musurmonova O. Oila ma’naviyati va tarbiya asoslari. – Toshkent: Fan, 2019.
7. To‘xtaboyeva M. Psixologik maslahat va profilaktika ishlari. – Toshkent: Innovatsiya, 2021.
Downloads
Published
2026-05-23
Issue
Section
Articles