O'QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO’NALTIRISH BO’YICHA PSIXOLOGIK MASLAXAT VA TAVSIYALAR

Authors

  • Bo'riyeva Gulshan To'rayevna Author
  • Azizova Nodira Xoliqovna Author

Keywords:

Kasb, hunar, zamonaviy kasblar, qiziqish, layoqat, qobiliyat, shart-sharoit

Abstract

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining muhim maqsadlaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Albatta barkamol inson deganda ma’naviy jihatdan yetuk, o‘z vatanining tarixi, buguni va kelajagi uchun qayg‘uradigan, shuningdek jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shish ishtiyoqida yonib yashaydigan shaxsni tushunish bugungi kun talabiga mos keladi. Aytish mumkinki, barkamol insonning shakllanishi uning munosib kasbni egallashi jamiyat taraqqiyoti uchun o‘z xissasini qo‘shib yashashi va shu orqali jamiyatda o’zligini ya’ni shaxs sifatida kamol topishi tushuniladi. Komillikning asosiy belgilaridan biri kasbiy shakllanishdir. Kasbiy shakllanish bu cheksiz, murakkab, orqaga qaytarilmaydigan muhim jarayon bo‘lib, undan inson o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishi bugungi kunning eng dolzarb muommolaridan biridir. Har bir shaxs voyaga yetar ekan uning oldida ulkan bir mas’uliyatli, g‘oyat muhim bir vazifa turadi. Bu kelajakda kim bo‘lsam ekan? yohud qaysi kasb egasi bo‘lsam ekan? kabi jumboqli savollar turadi. Kasb tanlash bir qaraganda oddiy masala bo‘lib ko‘inishi mumkin. Aslida bu jarayon insonning butun bir hayotida muhim o‘rin tutuvchi omildir. Maktab yoshidagi o‘quvchilarni deyarli bir savol doim o‘ylantiradi.

References

1. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2007.1-2 kitob.

2. G‘oziev E.G. Toshimov R. Menejment psixologiyasi. T-2002

3. G‘oziev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001.

4. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot.-T.: Universitet, 2002.

5. Karimova V.M. va boshk. Mustaqil fikrlash. - T.: SHark.-2000.

Published

2026-05-24