SUKUTNI TILSHUNOSLIK OBYEKTI SIFATIDA O‘RGANISHGA QARATILGAN YONDASHUVLAR
Keywords:
sukut, pragmalingvistika, kommunikatsiya, noverbal vosita, diskurs, lingvokulturologiya, psixolingvistika, kommunikativ-pragmatik yondashuv, implitsit ma’no, dialogik muloqot, nutqiy faoliyat, madaniyatlararo kommunikatsiyaAbstract
Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikda sukut fenomenining tadqiq etilish yo‘nalishlari hamda uning kommunikativ-pragmatik mohiyati yoritiladi. Unda sukutning pragmalingvistik, diskursiv, lingvokulturologik va psixolingvistik aspektlari tahlil qilinib, nutq jarayonidagi funksional xususiyatlari ochib beriladi. Tadqiqotda sukut nutqning oddiy yo‘qligi sifatida emas, balki muayyan kommunikativ ma’no va vazifani ifodalovchi faol birlik sifatida talqin etiladi. Shuningdek, turli madaniy muhitlarda sukutning qabul qilinishi hamda uning kommunikativ funksiyalaridagi o‘ziga xosliklar ko‘rib chiqiladi. A.Javorski, D.Kurzon, T.P.Kopilova va J.V.Jensen kabi olimlarning ilmiy qarashlariga tayangan holda sukut fenomenining nazariy asoslari tahlil etiladi. Maqolada sukutning diskursni tashkil etish, implitsit ma’nolarni yuzaga chiqarish va kommunikativ munosabatlarni muvofiqlashtirishdagi ahamiyati yoritib beriladi.References
1. Abdurahmonov A. Pedagogika nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018.
2. Allayorova S. Germenevtika. – Toshkent: Universitet, 2011.
3. Арутюнова Н.Д. Дискурс. – Москва: Языки русской культуры, 1990.
4. Brown P., Levinson S. Politeness: Some Universals in Language Usage. – Cambridge, 1987.
5. Leech G. Principles of Pragmatics. – London, 1983.
6. Crystal D. A Dictionary of Linguistics and Phonetics. – Oxford, 2008.
7. Muminov Sidikjon Mirsobirovich, Sobirova Feruza Asqarali qizi. Sharq va Gʻarb madaniyatida sukut: madaniyatlararo farqlar // Qoʻqon davlat pedagogika instituti ilmiy xabarlari. – 2025. – №6 (A seriya). – B. 1373–1376.
8. Muminov S., Sobirova F. Sukutning yosh bilan bogʻliq kommunikativ xususiyatlari // “Farg‘ona filologiya maktabi asoschisi” Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari (Akademik G‘anijon Abdurahmonov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan). – Farg‘ona: FarDU, 2025.
9. Sobirova, F.A. Sukut ifodalaydigan ma’no: til va kommunikatsiyaning noverbal aspekti // European Science International Conference. – B. 383–386.
10. Sobirova, F.A. Sukut va sukunatning farqi: tilshunoslik nuqtai nazaridan // Qo‘qon davlat pedagogika instituti ilmiy xabarlari. – 2025. – №4.