TENDAY MAKTABINING FALSAFIY TAʼLIMOTI
Keywords:
tendai, ezoterik, lotus, tenday, maktabi, uning, buddist, barcha, yapon, buddaAbstract
Ushbu maqolada buddaviylikka asoslangan, Yaponiyada keng tarqalgan falsafiy maktablardan biri boʻlgan Tendai (yoki Tenday) maktabining kelib chiqishi, ulardagi falsafiy tafakkur rivoji va boshqa taʼlimotlar bilan aloqalari koʻrib chiqiladi. Shuningdek, mazkur falsafiy maktabning falsafiy qarashlaridagi xususiyatlar ochib beriladi. Tayanch tushuncha va iboralar: buddaviyli, Kamakura, Saichok Lotus sutrasi, Shingon maktabi, Zen buddaviyligi, Sof yer, Tyantay maktabi, ezoterik buddizm, dharma, ezoterizm, KIRISH Tendai (kangay, Tendai-shu), shuningdek, Tendai Dharma – “gullar maktabi” nomi bilan ham tanilgan (ayrim manbalarda Tendai Hokkeshū) Yaponiyada Saichok tomonidan rasmiy tarzda oʻrnatilgan ezoterik elementlarga ega boʻlgan Mahayana buddist an’anasidir. Xitoy va yapon tillarida uning nomi Tiantai, yaʼni “Samoviy platforma” (,,Samoviy minbar”) degan ma’noni anglatadi, uning taʼlimotlari va qarashlari asosiy Xitoy buddist an’anasi bilan bir xil hisoblanadi. Ikkala an’ana ham Lotus Sutraning ahamiyatini ta’kidlaydi va Tiantai patriarxlarining, ayniqsa Jiyining ta’limotlarini hurmat qiladi. Shu oʻrinda ezoterik buddizmga qisqa taʼrif berib oʻtsak. Ezoterizm, “taʼlimotlar va amaliyotlar” degan maʼnoni bildiradi. Ezoterik buddizm esa Vajrayana nomi bilan ham tanilgan ezoterik buddizm buddizmdagi mistik va ritualistik yoʻl boʻlib, mantralar, mudralar va mandalalar kabi ezoterik amaliyotlar orqali bevosita ruhiy tajribani ta’kidlaydi. Bu ma’rifat yoʻlini tezlashtirishga intilayotgan oddiy tajribalarning o’zgartiruvchi kuchiga ishonish bilan tavsiflanadiReferences
1. www.merriam-webster.com/dictionary/esotericism
2. https://www.worldhistory.org/Esoteric_Buddhism
3. https://en.wikipedia.org/wiki/Tendai
Downloads
Published
2026-05-29
Issue
Section
Articles