OLIY TA’LIM TIZIMIDA TASVIRIY SAN’AT YO‘NALISHIDA ENKAUSTIKA TEXNOLOGIYASINI O‘QITISH: FAYUM PORTRETLARI ASOSIDA MUM-SMOLALI RANGTASVIR USULLARINING BADIIY VA TEXNOLOGIK TAHLILI

Authors

  • Kamoliddin Behzod Author
  • Artikov G‘ayrat Azizovich Author

Keywords:

Enkaustika, Fayum portretlari, mum-smolali rangtasvir, tasviriy san’at ta’limi, oliy ta’lim, badiiy texnologiya, gruntlash, pigment, antik san’at, ijodiy kompetensiya

Abstract

Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida tasviriy san’at yo‘nalishi talabalariga enkaustika texnologiyasini o‘qitishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqot davomida qadimgi Fayum portretlari misolida mum-smolali rangtasvir texnikasining tarixiy shakllanishi, texnologik jarayonlari hamda badiiy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Asalari mumi, daraxt smolalari, pigmentlar va gruntlash usullarining rangtasvir sifatiga ta’siri ilmiy asosda ochib berilgan. Shuningdek, enkaustika texnologiyasining zamonaviy tasviriy san’at ta’limidagi o‘rni, talabalarning ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati hamda amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llash metodikasi haqida fikr yuritiladi.

References

Enkaustik bo‘yoqlarning bir-biridan farqlanishi, proporsiyasi bilan, unda tarkib

topgan barcha komponentlari va ularning tarkibiga kiruvchi pigmentlar olinadi.

Mana fayum portretida ko‘proq qo‘llangan pigmentlar ro‘yxati: rux belilasi,

bo‘r, suyak qorasi, gaz qurumi, qizil kinovar, pompey qizili, binafsha rang karmin,

sariq surik, sariq oxra, qizil oxra, to‘q oxra, efest sarig‘i, qizg‘ish jigarrang mumya,

sepiya (jigarrang), terra de siena (jigarrang), lyapis lazurit, misr ko‘ki, sun’iy yashil

(mis zangi)”.2

Published

2026-06-01