SIMSIZ TARMOQLARDA TEZ YORDAM DASUTRINI ISHLAB CHIQISH

Authors

  • Mansurov Azamatjon Alisher o‘g‘li Author

Keywords:

simsiz tarmoqlar, tez tibbiy yordam, mobil ilova, GPS, 5G, IoT, sun'iy intellekt, raqamlashtirish, telemeditsina

Abstract

Ushbu maqolada simsiz aloqa tarmoqlari (4G/5G, GPS, Wi-Fi, IoT) asosida ishlaydigan tez tibbiy yordam xizmatini raqamlashtirish masalalari tahlil qilingan. Zamonaviy mobil ilova orqali tez yordam chaqirish tizimi foydalanuvchining joylashuvini avtomatik aniqlash, chaqiruvlarni real vaqt rejimida server va dispetcherlik markaziga uzatish hamda eng yaqin tez yordam brigadasini yo'naltirish imkoniyatlarini ta'minlaydi. Maqolada tizim arxitekturasi, ma'lumotlar bazasi dizayni, funksional va texnik talablar hamda axborot xavfsizligi masalalari yoritilgan. Taklif etilayotgan yechim tez tibbiy yordam xizmatlari samaradorligini oshirish, inson omilini kamaytirish va favqulodda holatlarda tezkor tibbiy yordam ko'rsatish sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

References

Simsiz tarmoqlar va GPS nafaqat aloqani, balki chaqiruvni qabul qilish,

brigadani tayinlash, manzilga yetib borish, real vaqt monitoringi va ma’lumotlarni

boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali tez tibbiy yordam xizmati

samaradorligini keskin oshiradi. O‘zbekistonda “TTYo 103” mobil ilovasi,

“Elektron tez tibbiy yordam” platformasi va “Ford” reanimobillari kabi loyihalar

mavjud bo‘lib, taklif etilgan tizim ular bilan integratsiyalanishi va yanada

rivojlantirilishi mumkin. Kelajakda sun’iy intellektni kengaytirish (chaqiruv

prioritetini avtomatik belgilash, bemorning ovoz toni yoki video orqali holatini

baholash), epidemiologik bashorat qilish, telemeditsina va IoT tibbiy qurilmalari

bilan integratsiya yo‘nalishlarida ishlar olib boriladi. Har bir soniya hayotni

saqlash uchun muhim bo‘lgan ushbu tizim texnologiya, inson va umidni

birlashtirib, raqamli davrda eng muhim qadriyat – inson hayotini himoya qilishga

xizmat qiladi.Natijada

Published

2026-06-10