BURUN TO‘SIG‘I PERFORATSIYASIDA ZAMONAVIY REKONSTRUKTIV JARROHLIK USULLARINING KLINIK SAMARADORLIGINI QIYOSIY BAHOLASH
Keywords:
burun to‘sig‘i perforatsiyasi, endoskopik jarrohlik, septoplastika, rekonstruktiv jarrohlik, NOSE shkalasi, VAS shkalasi, burun nafasi, reabilitatsiya, shilliq qavat, otorinolaringologiyaAbstract
Burun to‘sig‘i perforatsiyasi otorinolaringologiya amaliyotida uchraydigan murakkab patologik holatlardan biri bo‘lib, burun orqali nafas olishning buzilishi, quruqlik hissi, qobiq hosil bo‘lishi, takroriy qonashlar, hushtaksimon nafas shovqini hamda bemorlarning hayot sifatining pasayishi bilan kechadi. Perforatsiya rivojlanishiga travmalar, oldingi jarrohlik amaliyotlari, surunkali yallig‘lanish kasalliklari, tizimli autoimmun kasalliklar hamda ayrim zararli omillar sabab bo‘lishi mumkin. So‘nggi yillarda endoskopik rekonstruktiv jarrohlik usullarining rivojlanishi ushbu patologiyani davolash samaradorligini sezilarli darajada oshirdi. Shunga qaramay, turli operatsion usullarning uzoq muddatli natijalari hamda reabilitatsiya samaradorligi bo‘yicha yagona fikr shakllanmagan. Mazkur tadqiqotda burun to‘sig‘i perforatsiyasi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanilgan zamonaviy endoskopik rekonstruktiv usullar va an'anaviy jarrohlik usullarining klinik natijalari qiyosiy baholandi. Tadqiqot davomida klinik, endoskopik, funksional, laborator, instrumental hamda gistologik tekshiruvlar kompleks ravishda o‘tkazildi. Davolash natijalari NOSE va VAS shkalalari yordamida baholandi. Olingan natijalar endoskopik rekonstruktiv usullar burun nafasini tiklash, shilliq qavat regeneratsiyasini yaxshilash, operatsiyadan keyingi asoratlarni kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatdi.References
1. Stewart M.G., Witsell D.L., Smith T.L., Weaver E.M., Yueh B., Hannley M.T. Development and validation of the Nasal Obstruction Symptom Evaluation (NOSE) scale. Otolaryngology–Head and Neck Surgery. 2004
130(2):157–163. https://doi.org/10.1016/j.otohns.2003.09.016
2. Piskunov G.Z., Piskunov S.Z. Klinicheskaya rinologiya. 3-e izdanie, dopolnennoe. Moskva: Meditsinskoe informatsionnoe agentstvo
2017. 750 s.
3. Elms H., Economides M.P., Aisenberg G.M. Nasal septal perforation: A guide for clinicians. Consultant. 2019
59(8):227–236.
4. Tsarapkin G.Yu., Kunelskaya N.L., Zayratyants O.V., et al. Morphological features of the mucoperichondrium in patients with post-traumatic nasal septum deformities. Russian Rhinology. 2021
20(2):56–64.
5. Kern R.C., Conley D.B., Walsh W., et al. Perspectives on the etiology of chronic rhinosinusitis: An immune barrier hypothesis. American Journal of Rhinology. 2008
22(6):549–559.
6. Peters A.T., Spector S., Hsu J., et al. Diagnosis and management of rhinosinusitis: A practice parameter update. Annals of Allergy, Asthma & Immunology. 2014
113(4):347–385.
7. Abbasov A.N., Jumashova S.S., Yuldasheva R.D., Valiyeva Z.O. Perforation of the nasal septum: Clinical and morphological aspects. Zamonaviy tibbiyot jurnali. 2025
12(1):311–316.
8. Bousquet P.J., Combescure C., Neukirch F., et al. Visual analogue scales can assess the severity of rhinitis graded according to ARIA guidelines. Allergy. 2007
62(4):367–372. https://doi.org/10.1111/j.1398-9995.2006.01276.x
9. Kim S.W., Cho J.H., Park J.H., et al. Endoscopic repair of nasal septal perforation using bilateral mucosal advancement flaps: Clinical outcomes and prognostic factors. American Journal of Otolaryngology. 2022
43(5):103516.
10. Faramarzi M., Dadgarnia M.H., Shishegar M., et al. Endoscopic management of nasal septal perforation: Long-term clinical outcomes and quality of life assessment. European Archives of Oto-Rhino-Laryngology. 2023
280(8):3711–3720.