MAFKURAVIY TRANSFORMATSIYA DAVRI OʻZBEK BADIIY KINOSIDA ZAMONDOSH OBRAZINING TIPOLOGIYASI
Keywords:
oʻzbek kinematografiyasi, zamondosh obrazi, mafkuraviy transformatsiya, evolyutsiya, tipologiya, oila konsepsiyasi, milliy oʻzlik, fantastik komediya, ekran talqiniAbstract
Ushbu maqolada Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki oʻn yilligida (1991–2000-yillar) milliy kinematografiyada zamondosh obrazining shakllanishi, evolyutsiyasi va badiiy-psixologik talqini kompleks tahlil qilingan. Postsovet davridagi mafkuraviy va ijtimoiy-siyosiy transformatsiyalar sharoitida oʻzbek kinorejissyorlarining yangi qahramon konsepsiyasini yaratish borasidagi izlanishlari, mavzuviy-janriy xilma-xilligi hamda tasviriy-dramaturgik yechimlari tadqiq etiladi. Tadqiqotda zamondosh obrazining maʼnaviy-ruhiy inqirozlardan kelajakka ishonch bilan qarovchi, tashabbuskor tiplargacha boʻlgan shakllanish bosqichlari shartli ravishda tipologiyalarga ajratib oʻrganilgan. Ayniqsa, ekranda qahramonlar xarakterini ochib berishda oila instituti va uning roli, milliy-diniy qadriyatlar hamda anʼanalarning badiiy aks etishi “Bir qadam oʻngga, bir qadam soʻlga”, “Yuzsiz”, “Piyoda”, “Abdullajon”, “Bomba”, “Kichkina tabib” kabi xarakterli filmlar misolida batafsil tahlil qilinadi. Muallif 1990-yillar kinosidagi lirik-subyektiv tendensiyalar, majoziy-fantastik uslub va teatr dramaturgiyasi bilan integratsiya jarayonlarini ochib berib, zamondosh qahramonning milliy oʻzlikni anglashdagi va jamiyat ruhiyatini aks ettirishdagi oʻrnini ilmiy jihatdan asoslab bergan.References
1. Abdusamatov H. Drama nazariyasi. – T.: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashr, 2000 – B. 179.
2. Абул-Касымова Х.Н. Художественное кино Узбекистана периода Независимости (1991–2004 гг). – Ташкент. – 2005. – М (К). А-17. № 264.
3. Abulqosimova X. O‘zbekiston san’ati tarixidan: Mustaqillik davridagi o‘zbek kinosi. 1991–2006-yillarda ishlangan badiiy va hujjatli filmlarning annotatsiyali filmografik katalogi. – T.: 2008. – B. 5-6.
4. Karimova N.Gʻ. 1960–90-yillar oʻzbek badiiy kinosida yosh qahramon obrazi: Diss. ... nomz. sanʼatshunos. – Toshkent: 1997. – 110 b.
5. Niyazova X.X. Badiiy kinoda zamondosh obrazi [Monografiya]. – Toshkent: “Science and Innovation” nashriyoti, 2025. – 232 b.
6. Niyazova X.X. Zulfiqor Musoqov filmlarida zamondoshlar obrazining oʻziga xosligi // “OʻzDSMI Xabarlari”. № 4. 2022. — B. 90–93.