O‘ZBEK VA INGLIZ OILAVIY MULOQOTIDA QARINDOSHLIK NOMLARINING MUROJAAT VOSITASI SIFATIDAGI PRAGMATIK IMKONIYATLARI
Keywords:
oilaviy muloqot, qarindoshlik nomlari, murojaat, pragmatik ma’no, nutq vaziyati, yosh, mavqe, hurmat, ingliz tili, o‘zbek tili.Abstract
Maqolada o‘zbek va ingliz oilaviy muloqotida qarindoshlikni anglatuvchi birliklarning murojaat vositasi sifatida qo‘llanishi qiyosiy-pragmatik jihatdan tahlil qilinadi. Qarindoshlik nomlarining vazifasi shaxsni muayyan qarindoshlik munosabati asosida atash bilangina chegaralanmasligi, ular muloqot ishtirokchilarining yoshi, o‘zaro yaqinligi, oiladagi mavqei, hurmat va hissiy munosabatini ham ifodalashi ko‘rsatib beriladi. O‘zbek oilaviy muloqotida aka, opa, amaki, xola, dada, aya, buvi kabi birliklarning murojaat doirasi ularning lug‘aviy ma’nosidan kengroq ekanligi, ingliz tilidagi mum, dad, grandma, grandpa, aunt, uncle, brother, sister birliklarining qo‘llanishida esa boshqa pragmatik qonuniyatlar kuzatilishi misollar orqali yoritiladi. Qarindoshlik nomlarining murojaatdagi ma’nosi nutq vaziyati, so‘zlovchi va tinglovchi munosabati hamda oilada shakllangan muloqot odatlari bilan bog‘liq holda ochilishi asoslanadi.References
1. Allan K., Burridge K. Forbidden Words: Taboo and the Censoring of Language. Cambridge: Cambridge University Press, 2006.
2. Braun F. Terms of Address: Problems of Patterns and Usage in Various Languages and Cultures. Berlin: Mouton de Gruyter, 1988.
3. Brown P., Levinson S.C. Politeness: Some Universals in Language Usage. Cambridge: Cambridge University Press, 1987.
4. Brinton L.J. Pragmatics in the History of English. Cambridge: Cambridge University Press, 2023.
5. Clyne M., Norrby C., Warren J. Language and Human Relations: Styles of Address in Contemporary Language. Cambridge: Cambridge University Press, 2009.
6. Leech G. The Pragmatics of Politeness. Oxford: Oxford University Press, 2014.
7. Wardhaugh R., Fuller J.M. An Introduction to Sociolinguistics. Oxford: Wiley-Blackwell, 2015.
8. Crespo-Fernández E. Taboo language research in the new millennium: A literature review // Complutense Journal of English Studies. 2025. Vol. 33.