PAYARIQ VA PASTDARG‘OM TUMANLARIDA YETISHTIRILGAN CHUCHUK SUV BALIQLARIDAN TOMAT SOUSIDA TAYYORLANGAN KONSERVALARNING KIMYOVIY TARKIBI

Authors

  • Ilashev Jahongir Hamza o‘g‘li Author
  • Tashmanov Rahmatullo Kurakbayevich Author

Keywords:

baliq konservasi, zog‘ora baliq, do‘ngpeshona, laqqa, tomat sousi, kimyoviy tarkib, B12 vitamini, sterilizatsiya, oziqaviy qiymat

Abstract

Maqolada Samarqand viloyati Payariq va Pastdarg‘om tumanlarida yetishtirilgan zog‘ora baliq, do‘ngpeshona va laqqadan tomat sousida konserva tayyorlash texnologiyasi hamda tayyor mahsulotning kimyoviy tarkibi o‘rganilgan. Payariq tumani konservalarida oqsil 18,8–25,9 %, yog‘ 12,7–19,6 % ni tashkil etdi, eng yuqori ko‘rsatkichlar do‘ngpeshona konservasida qayd etildi. Pastdarg‘om tumani namunalarida tirik baliq va konserva taqqoslanganda oqsil miqdori sezilarli o‘zgarmagani, kaliy va kalsiy miqdori ortgani, B12 vitamini esa 37,0–41,8 % ga kamaygani aniqlandi. Natijalardan mahalliy baliq xomashyosidan konserva ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishda foydalanish mumkin.

References

1. FAO. The State of World Fisheries and Aquaculture 2024. Blue Transformation in action. – Rome: FAO, 2024. – 264 p.

2. Qo‘chqorova S.Q., Pulatov I.B. Karp baliqlari va ularning iste’mol qiymatini baholash // Veterinariya meditsinasi. – 2020. – №10. – B. 35.

3. Pulatov I.B., Normaxmatov R. Baliqning massa tarkibi – muhim tovarshunoslik ko‘rsatkichidir // Agro ilm. – 2020. – №64. – B. 64.

4. Tashmanov R.K., Po‘latov I.B., Ilashev J.H. Oziq-ovqat sanoatida baliq go‘shtining muhim tovarshunoslik tavsifi // Agro ilm – O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi. – 2025. – Maxsus son 8 [118]. – B. 300–301.

5. ГОСТ 16978-99. Консервы рыбные в томатном соусе. Технические условия.

6. ГОСТ 26927-86. Сырье и продукты пищевые. Метод определения ртути.

7. ГОСТ 26930-86. Сырье и продукты пищевые. Метод определения мышьяка.

8. ГОСТ 26932-86. Сырье и продукты пищевые. Методы определения свинца.

9. ГОСТ 30178-96. Сырье и продукты пищевые. Атомно-абсорбционный метод определения токсичных элементов.

Published

2026-10-15