ISLOMIY BANKLARING MOLIYAVIY BARQARORLIGI: AN'ANAVIY BANKLAR BILAN QIYOSIY TAHLIL VA O'ZBEKISTON UCHUN XULOSALAR
Keywords:
islomiy banklar, moliyaviy barqarorlik, z-score, kapitallashuv, aktivlar sifati, foizsiz moliya, adabiyot sharhi, IFSB, O'zbekiston.Abstract
Maqolada islomiy banklarning moliyaviy barqarorligi an'anaviy banklar bilan solishtirilib baholanadi. Tadqiqot strukturalashtirilgan qiyosiy adabiyot sharhi usuliga tayanadi. Chihak va Hesse (2010), Hasan va Dridi (2010), Beck va boshq. (2013) tadqiqotlari hamda Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashi (IFSB) 2024-2025-yillardagi barqarorlik hisobotlari ma'lumotlari tahlil qilindi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, islomiy banklarning barqarorligi bank hajmi, tahlil davri va mamlakat sharoitiga bog'liq: kichik islomiy banklar kichik an'anaviy banklardan barqarorroq, yirik islomiy banklar esa yirik an'anaviy banklardan kamroq barqaror bo'lgan. 2008-2009-yillardagi inqirozda islomiy banklarning yuqori kapitallashuvi va aktivlar sifati kreditlash faolligini saqlashga yordam bergan, biroq 2009-yilda ayrim banklarda foyda keskin pasaygan. Muallifning tahliliy xulosasiga ko'ra, farq foiz taqiqining o'zidan emas, ko'proq kapital zaxirasi va risklarni boshqarish sifatidan kelib chiqadi. Maqola O'zbekistonda 2026-yil mart oyida qabul qilingan Islomiy bank to'g'risiidagi qonun sharoitida tavsiyalar beradi.References
1.Beck, T., Demirgüç-Kunt, A., & Merrouche, O. (2013). Islamic vs. conventional banking: Business model, efficiency and stability. Journal of Banking & Finance, 37(2), 433–447. https://doi.org/10.1016/j.jbankfin.2012.09.016
2.Čihák, M., & Hesse, H. (2010). Islamic banks and financial stability: An empirical analysis. Journal of Financial Services Research, 38(2), 95–113. https://doi.org/10.1007/s10693-010-0089-0
3.Hasan, M., & Dridi, J. (2010). The effects of the global crisis on Islamic and conventional banks: A comparative study (IMF Working Paper No. 10/201). International Monetary Fund. https://doi.org/10.5089/9781455205318.001
4.Islamic Economics Project. (2026, 8-iyun). Key highlights of the Islamic Finance Stability Report 2026. https://islamiceconomicsproject.com/2026/06/08/key-highlights-of-the-islamic-finance-stability-report-2026/
5.Islamic Financial Services Board. (2024, sentabr). Islamic Financial Services Industry Stability Report 2024. https://www.ifsb.org/wp-content/uploads/2024/09/IFSB-Stability-Report-2024-8.pdf
6.Islamic Financial Services Board. (2025, may). Islamic Financial Services Industry Stability Report 2025: Navigating shallow waters. https://www.ifsb.org/wp-content/uploads/2025/05/IFSI-Stability-Report-2025.pdf
7.Kinstellar. (2026, aprel). Uzbekistan introduces a legislative framework for Islamic banking. https://kinstellar.com/news-and-insights/detail/4227/uzbekistan-introduces-a-legislative-framework-for-islamic-banking
8.Kun.uz. (2024, 21-may). “The bill on Islamic finance is ready” – CB deputy head. https://kun.uz/en/news/2024/05/21/the-bill-on-islamic-finance-is-ready-cb-deputy-head
9.Kun.uz. (2025, 25-oktabr). Central Bank sees Islamic finance as key to formalizing shadow economy. https://kun.uz/en/news/2025/10/25/central-bank-sees-islamic-finance-as-key-to-formalizing-shadow-economy
10.Kun.uz. (2026, 30-mart). Uzbekistan establishes legal framework for Islamic banking activities. https://kun.uz/en/news/2026/03/30/uzbekistan-establishes-legal-framework-for-islamic-banking-activities