KVADRATIK STOXASTIK OPERATORLARNING IQTISODIYOTGA TATBIQI
Keywords:
kvadratik stoxastik operator, Volterra operatori, simpleks, bozor ulushi, Lyapunov funksiyasi, raqobat dinamikasi, muvozanatAbstract
Tadqiqotning maqsadi — bozordagi raqobat dinamikasini iste’molchilar xulq-atvoridan kelib chiqib kvadratik stoxastik operatorlar (KSO) yordamida modellashtirish va model uchun iqtisodiy ma’noga ega natijalarni analitik asoslashdan iborat. Tadqiqot usuli sifatida iste’molchilarning tasodifiy juft uchrashuvlari va brend almashtirish ehtimolliklariga asoslangan diskret vaqtli model, Volterra tipidagi KSOlarning kanonik ko‘rinishi, Lyapunov funksiyalari usuli hamda o‘rta qiymatlar tengsizligi qo‘llanildi. Natijada bozor ulushlari dinamikasi Volterra tipidagi KSO ekanligi qat’iy isbotlandi; ichki muvozanat mavjudligi mezoni, ustun firmaning bozorni geometrik tezlikda egallashi va raqobatbardosh bo‘lmagan firmaning bozordan chiqishi haqidagi teoremalar, shuningdek, uch firmali siklik raqobatda trayektoriyalarning simpleks chegarasiga yaqinlashishi analitik usulda isbotlandi. Sonli misollar olingan baholarni va bozor yetakchiligining uzayib boruvchi davrlar bilan almashishini ko‘rgazmali tasdiqlaydi. Natijalar monopoliyaga o‘tish, raqobatchilarning birga yashashi va bozor beqarorligi hodisalarini yagona matematik asosda tushuntiradi.References
1. Бернштейн С. Н. Решение одной математической проблемы, связанной с теорией наследственности // Учёные записки научно-исследовательских кафедр Украины. Отд. мат. — 1924. — Вып. 1. — С. 83-115.
2. Lyubich Yu. I. Mathematical Structures in Population Genetics. — Berlin: Springer-Verlag, 1992.
3. Ganikhodzhaev R. N. Quadratic stochastic operators, Lyapunov functions and tournaments // Russian Academy of Sciences. Sbornik Mathematics. — 1993. — Vol. 76, No. 2. — P. 489-506.
4. Захаревич М. И. О поведении траекторий и эргодической гипотезе для квадратичных отображений симплекса // Успехи математических наук. — 1978. — Т. 33, № 6. — С. 207-208.
5. Hofbauer J., Sigmund K. Evolutionary Games and Population Dynamics. — Cambridge: Cambridge University Press, 1998.
6. Bass F. M. A new product growth for model consumer durables // Management Science. — 1969. — Vol. 15, No. 5. — P. 215-227.
7. Weidlich W. Sociodynamics: A Systematic Approach to Mathematical Modelling in the Social Sciences. — Amsterdam: Harwood Academic Publishers, 2000.