MALAKA OSHIRISH JARAYONIDA REFLEKSIV YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING PEDAGOGIK MAHORATINI RIVOJLANTIRISH.
Keywords:
boshlang‘ich ta’lim, malaka oshirish, refleksiv yondashuv, pedagogik mahorat, kasbiy kompetensiya, pedagogik refleksiya, o‘z-o‘zini baholash, kasbiy rivojlanish, innovatsion ta’lim texnologiyalari.Abstract
Mazkur maqolada malaka oshirish jarayonida refleksiv yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini rivojlantirishning ilmiy-nazariy va metodik asoslari yoritiladi. Shuningdek, o‘qituvchilarning o‘z pedagogik faoliyatini tahlil qilish, ta’lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlash, mustaqil xulosa chiqarish hamda pedagogik faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlari tadqiq etiladi. Malaka oshirish jarayonida refleksiv ta’lim texnologiyalari, o‘z-o‘zini baholash, pedagogik kuzatuv, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, kasbiy muloqot va tajriba almashish metodlaridan foydalanishning ahamiyati asoslanadi. Refleksiv yondashuvning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kasbiy o‘zini anglash, pedagogik qarorlar qabul qilish, kreativ fikrlash, kommunikativ va metodik kompetensiyalarni rivojlantirishdagi o‘rni ochib beriladi. Natijada malaka oshirish jarayonini o‘qituvchining individual kasbiy ehtiyojlari, pedagogik tajribasi va refleksiv faoliyati bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish zarurati asoslanadi.References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – 2020-yil 23-sentabr.
2. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent, 2006.
3. Muslimov N.A. va boshqalar. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. – Toshkent, 2015.
4. Ishmuhamedov R.J. va boshqalar. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent, 2008.
5. Mavlonova R.A. va boshqalar. Pedagogika. – Toshkent, 2001.
6. Schön D.A. The Reflective Practitioner. – New York, 1983.
7. Brookfield S.D. Becoming a Critically Reflective Teacher. – San Francisco, 1995.
8. Boud D., Keogh R., Walker D. Reflection: Turning Experience into Learning. – London, 1985.
9. Kolb D.A. Experiential Learning. – New Jersey, 1984.
10. Moon J.A. A Handbook of Reflective and Experiential Learning. – London, 2004.
11. Dewey J. How We Think. – Boston, 1933.
12. Darling-Hammond L. Effective Teacher Professional Development. – 2017.
Internet manbalari: