O'ZBEK TILI — RAQAMLI DUNYODA ILM VA TEXNOLOGIYA TILI: SUN'IY INTELLEKT DAVRIDA TARJIMONLIK KASBINING DOLZARBLIGI

Authors

  • Bekpulatova Sevinch Author

Keywords:

o'zbek tili, sun'iy intellekt, mashina tarjimasi, kam resursli til, tarjimonlik kasbi, neyron tarjima, til korpusi, terminologiya, post-tahrir, raqamli til siyosati

Abstract

Maqolada sun'iy intellekt (SI) asosidagi mashina tarjimasi tizimlarining jadal rivojlanishi sharoitida o'zbek tilining raqamli muhitdagi o'rni va tarjimonlik kasbining dolzarbligi tahlil qilinadi. Jamiyatda keng tarqalgan "sun'iy intellekt tarjimonni to'liq almashtiradi" degan qarash ilmiy asosda tanqidiy ko'rib chiqiladi. Tadqiqotda yirik tillar (ingliz, rus) va kam resursli tillar, xususan, o'zbek tili uchun mashina tarjimasi sifatidagi farqning sabablari — raqamli matn korpuslari hajmi, parallel matnlar yetishmasligi, agglyutinativ morfologiya va ikki yozuvlilik omillari asoslab beriladi. Mashina tarjimasidagi tipik xatolar turkumlanib, ularning ixtisoslashgan sohalarda, xususan, fuqaro aviatsiyasida yuzaga keltirishi mumkin bo'lgan xavflari ko'rsatiladi. O'zbekistonning til siyosatiga oid me'yoriy hujjatlar va xalqaro tajriba asosida tarjimonning raqamli davrdagi yangi vazifalari (post-tahrir, korpus yaratish, terminologik ish, lokalizatsiya) belgilanadi hamda o'zbek tilini ilm-fan va texnologiya tili sifatida rivojlantirishga qaratilgan amaliy takliflar ilgari suriladi.

References

1. O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonuni. 21.10.1989-y. (21.12.1995-y. yangi tahriri). // lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni. // lex.uz/acts/-4561730

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son "Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni. // lex.uz

4. Salomov G'. Tarjima nazariyasi asoslari. — Toshkent: O'qituvchi, 1983.

5. Gutas D. Greek Thought, Arabic Culture: The Graeco-Arabic Translation Movement in Baghdad and Early 'Abbasid Society. — London: Routledge, 1998.

6. Hutchins W. J. Machine Translation: Past, Present, Future. — Chichester: Ellis Horwood, 1986.

7. Bahdanau D., Cho K., Bengio Y. Neural Machine Translation by Jointly Learning to Align and Translate // Proceedings of ICLR. — 2015. — arXiv:1409.0473.

8. Vaswani A., Shazeer N., Parmar N. et al. Attention Is All You Need // Advances in Neural Information Processing Systems 30 (NeurIPS). — 2017.

9. Joshi P., Santy S., Budhiraja A., Bali K., Choudhury M. The State and Fate of Linguistic Diversity and Inclusion in the NLP World // Proceedings of the 58th Annual Meeting of the ACL. — 2020. — P. 6282–6293.

10. NLLB Team, Costa-jussà M. R. et al. No Language Left Behind: Scaling Human-Centered Machine Translation. — 2022. — arXiv:2207.04672.

11. Mansurov B., Mansurov A. UzBERT: pretraining a BERT model for Uzbek. — 2021. — arXiv:2108.09814.

12. Kuriyozov E., Vilares D., Gómez-Rodríguez C. BERTbek: A Pretrained Language Model for Uzbek // Proceedings of the 3rd Annual Meeting of SIGUL @ LREC-COLING 2024. — Torino, 2024. — P. 33–44. — aclanthology.org

13. ICAO. Doc 9835. Manual on the Implementation of ICAO Language Proficiency Requirements. 2nd ed. — Montreal: ICAO, 2010.

Published

2026-11-14