OILA MUHITINING O‘QUVCHI PSIXOLOGIYASIGA TA’SIRI

Authors

  • Asadova Mexrangiz Ilxomovna Author
  • Turayeva Iroda Baxtiyarovna Author

Keywords:

oila muhiti, o‘quvchi psixologiyasi, tarbiya uslublari, emotsional intellekt, shaxs shakllanishi, ota-ona munosabati, maktab psixologi, ijtimoiy moslashuv, deviant xulq-atvor, psixologik salomatlik

Abstract

Mazkur maqolada oila muhitining o‘quvchi shaxsi shakllanishi va uning psixologik rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri atroflicha tahlil qilingan. Oila har bir bola uchun ilk ijtimoiy muhit bo‘lib, undagi emotsional iqlim o‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyatlarini belgilab beradi. Tadqiqotda otaonalarning tarbiya uslublari — demokratik, avtoritar, liberal va niglistik yondashuvlarning o‘quvchi o‘z-o‘zini baholashiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Oiladagi nizoli vaziyatlar va ularning o‘quvchi xulq-atvorida namoyon bo‘ladigan psixologik oqibatlari ilmiy asoslab berilgan. Shuningdek, bolaning intellektual salohiyati va ijtimoiy moslashuvida ota-ona bilan bo‘lgan emotsional bog‘liqlikning ahamiyati yoritilgan. Maqolada maktab psixologining oila bilan hamkorlik qilish modellari va profilaktik ishlarining mazmuni bayon etilgan. O‘quvchilarning psixik salomatligini muhofaza qilishda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xulosa qismida sog‘lom oilaviy muhit barkamol avlod tarbiyasining poydevori ekanligi ta’kidlangan.

References

1. Mirziyoyev Sh.M. "Yangi O‘zbekiston strategiyasi". – Toshkent:

"O‘zbekiston", 2021.

2. G‘oziyev E.G‘. "Psixologiya (yosh davrlari psixologiyasi)". –

Toshkent: "O‘qituvchi", 2010.

3. Shoumarov G‘.B. "Oila psixologiyasi". – Toshkent: "Sharq", 2010.

4. Vygotskiy L.S. "Pedagogicheskaya psixologiya". – Moskva:

"Pedagogika-Press", 1996.

5. Satir V. "Kak stroit sebya i svoyu semyu". – Moskva: "Eksmo-Press",

2011.

6. Erikson E. "Childhood and Society". – New York: Norton, 1950.

7. Yusupova P. "Maktabgacha tarbiya pedagogikasi". – Toshkent:

"O‘qituvchi", 1993.

8. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. "Umumiy psixologiya". – Toshkent: "Fan

va texnologiya", 2010.

Published

2026-05-04