SOG’LOM OILA FARZAND MA’NAVIY -PSIXOLOGIK QIYOFASINI BELGILOVCHI ASOSIY OMIL SIFATIDA

Authors

  • Toshmatov Bobohon Egamshukurovich Author

Keywords:

Bundan ko`rinib turibdiki, albatta, oiladagi hissiy-psixologik nosog`lom muhit bolalarning jismoniy salomatligiga ham o`z ta`sirini o`tkazmoqda. Oilaviy muhitning nosog`lom bo`lishiga sabab bo`luvchi omillar deb, axloqsiz yoki asotsial hayot tarzi, oila a`zolari o`rtasidagi munosabatlarning nosog`lomligi, oila a`zolari o`rtasidagi ijtimoiy rollarning to`g`ri anglanib yetilmaganligi va bunga ma`suliyatsizlik bilan yondashish kabi yana bir qancha omillarni sanab o`tishimiz mumkin.

Abstract

Hozirgi kunda jamiyatning rivojlanishining asosiy negizi hisoblangan oila masalasi, oilada yoshlarning tarbiyasini to`g`ri tashkil etish nafaqat har bir shaxsning oldiga qo`yilgan vazifa, balki butun bir davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan masala desak mubolag`a bo`lmaydi. Buning tub negizini esa kelajak avlodni barkamol shaxs etib tarbiyalash, hozirgi kundagi turli salbiy muammolarga
qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish asosida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish g`oyasi tashkil etadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ham o`z asarlarida: “ Farzandlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasbhunarlarni egallagan, sog`lom pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hech qachon o`zining dolzarbligini yo`qotmaydigan masala hisoblanadi” deb bejiz ta`kidlamaganlar. Chunki har bir shaxs uchun tarbiyaning va ijtimoiylashuvning birlamchi, boshlang`ich nuqtasi albatta, oila hisoblanadi. 

References

Xulosa qilib aytganda, oila – bu bolaning ijtimoiy munosabatlarga tayyor

bo`lishida, faol ijtimoiy shaxs pozitsiyasini egallashida muhim axamiyat kasb

etadigan pedagogik-psixologik muhit. Shuning uchun ham ko`pchilik olimlar

oilaning asosiy vazifasi sifatida uning tarbiyaviy vazifasini e`tirof etib

kelmoqdalar. Garchi, oila bir kichik Vatan, Vatanning rivoji uning tashkil etuvchi

shaxslarga bog`liq bo`lganidek, oilaning ham barkamol bo`lishi uni tashkil etuvchi

a`zolarga chambarchas bog`liqdir. Oilaviy muhitning ta`siri va axamiyati shundaki,

birinchidan shaxs oilaviy, mustaqil hayotga tayyorlanadi, buning uchun zarur

bo`lgan sifat va fazilatlarni egallab boradi. Ikkinchidan esa, jamiyatda faol shaxs

sifatida qatnasha olishiga yordam beradigan aql, salohiyat, dunyoqarashga ega

bo`lib boradi. Bularning barchasi esa sog`lom va barqaror muhitga ega bo`lgan

oiladagina o`z tasdig`ini topadi. Shunday ekan, hozirgi kundagi jamiyatdagi salbiy

muammolarni oldini olish uchun avvalo, oilalarimizdagi muhitni sog`lomlashtirish,

farzandlarimizdagi salbiy illatlarning asosi oilada shakllana boshlashini

unutmasligimiz darkor.

Published

2026-05-04