AHOLINING ASOSIY ISTE’MOL MAHSULOTLARI BILAN BARQAROR TA’MINLANISHINI TA’MINLASH MASALALARI
Keywords:
davlat siyosati, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat tizimi, barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi, Global ochlik indeksi, raqamli texnologiyalar, importga qaramlik, O‘zbekiston.Abstract
Mazkur ilmiy ishda O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar har tomonlama o‘rganilib, ularning nazariy va metodologik asoslari hamda amaliy jihatlari chuqur tahlil etiladi. Tadqiqot doirasida dunyo miqyosida oziq-ovqat xavfsizligining hozirgi holati, iqlim o‘zgarishlari, geosiyosiy vaziyatdagi beqarorlik hamda iqtisodiy omillarning ta’siri keng yoritilib, bu omillarning mamlakat milliy oziq-ovqat tizimiga ko‘rsatadigan ta’siri baholanadi. Shuningdek, Global ochlik indeksi va Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksi kabi xalqaro ko‘rsatkichlar asosida O‘zbekistonning jahon reytinglaridagi o‘rni aniqlanib, hududlar kesimidagi rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Ish yakunida esa oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan institutsional islohotlar, infratuzilmani rivojlantirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha aniq amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
References
Boshqaruv tizimini va maqsadlarni yaratishda zaxirani shakllantirish va boshqarish uchun aniq maqsadlarni belgilash, shu jumladan favqulodda holatlarda foydalanish va narxlarni barqarorlashtirish. Xalqaro tajribaga (Jahon banki va FAO tavsiyalari) asosan, shaffof boshqaruv tizimini o‘rnatish, fiskal xarjatlarni kamaytirish va bozor buzilishlaridan qochishda muvozanatni ta’minlash. Infratuzilma va texnologiyalarni rivojlantirishda zaxirani saqlash uchun zamonaviy omborlar, germetik tizimlar va yo‘qotishlarni kamaytirish uchun monitoring tizimlarini yaratish. Bu yo‘nalish O‘zbekistonning iqlim sharoitlari va Jahon bankining rivojlanayotgan mamlakatlar uchun tavsiyalariga muvofiq bo‘lishi kerak.