KASBGA YO‘NALTIRISHDA O‘QUVCHINING QOBILIYATLARINI O‘RNI: NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI

Authors

  • Karimova Munojat Author

Keywords:

Zamonaviy ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri – yosh avlodni nafaqat bilimli, balki jamiyatda o‘z o‘rnini topa oladigan, o‘z kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishadigan barkamol shaxslar qilib tarbiyalashdir. Bu jarayonda o‘quvchilarni kasbga to‘g‘ri yo‘naltirish alohida ahamiyat kasb etadi. Ko‘pincha o‘quvchilar kasb tanlashda o‘zlarining ichki imkoniyatlari, qiziqishlari va qobiliyatlaridan ko‘ra, tashqi omillar (ota-onalarning xohishi, do‘stlarning tanlovi, jamiyatdagi prestij) ta’sirida qaror qabul qiladilar. Natijada, ular o‘z kasbiy faoliyatlaridan qoniqmay, tez-tez ish joyini o‘zgartirishga yoki umuman kasbini o‘zgartirishga majbur bo‘ladilar.

Abstract

Ushbu maqla maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish jarayonida ularning qobiliyatlarining muhim o‘rnini atroflicha yoritadi. Unda
qobiliyat tushunchasining nazariy asoslari, kasb tanlashdagi ahamiyati hamda o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishning metodologik yondashuvlari tahlil qilingan. Maqolada psixodiagnostik testlar, kuzatish, suhbat va amaliy faoliyat orqali o‘quvchining moyilliklarini aniqlash usullari batafsil ochib berilgan. Kalit so‘zlar: Kasbga yo‘naltirish, o‘quvchi qobiliyatlari, moyillik, kasb tanlash, psixodiagnostika, individual yondashuv, o‘zo‘zini anglash, To‘raqo‘rg‘on tumani.

References

1. Mirziyoyev Sh.M. "Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi". – Toshkent:

"O‘zbekiston", 2022.

2. G‘oziyev E.G‘. "Psixologiya (pedagogika va psixologiya fakultetlari

talabalari uchun)". – Toshkent: "O‘qituvchi", 1994.

3. Karimova V.M. "Psixologiya: Ma’ruzalar matni". – Toshkent: "Sharq",

2002.

4. Nishonova Z.T. "Maktabda psixologik xizmat". – Toshkent: "Fan va

texnologiya", 015.

Published

2026-05-09