YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA TA’LIM ISLOHOTLARI: XALQARO BAHOLASH TIZIMLARI VA ISTIQBOLLI REJALAR TAHLILI
Keywords:
Harakatlar strategiyasi, Taraqqiyot strategiyasi, ta’lim islohotlari, PISA, PIRLS, TIMSS, inson qadri, sifatli ta’lim, pedagogik mahorat, xalqaro standartlar. Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu jarayonning huquqiy va strategik asosi sifatida 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan “Harakatlar strategiyasi” xizmat qildi. Ushbu davr mobaynida davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda, xususan, ta’lim tizimida keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Harakatlar strategiyasi doirasida 300 dan ortiq qonun va Prezidentning 4 mingdan ortiq farmon hamda qarorlari qabul qilingani Yangi O‘zbekiston poydevorining huquqiy asoslarini yaratdi. Ayniqsa, 2020-yil 23-sentyabrdan kuchga kirgan yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonun sohadagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tardi.Abstract
Ushbu tezisda O‘zbekiston ta’lim tizimining 2017-yildan bugungi kungacha bo‘lgan transformatsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda
“Harakatlar strategiyasi” dan “Taraqqiyot strategiyasi” ga o‘tish davridagi ta’limiy yutuqlar, huquqiy islohotlar va sohadagi muammolar kompleks ko‘rib chiqilgan. Ishning asosiy e’tibori PISA, PIRLS, TIMSS kabi xalqaro baholash dasturlarining milliy ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi hamda o‘quvchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyatiga qaratilgan. Shuningdek, inson qadrini ulug‘lash tamoyili asosida ta’lim sifatini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlari yoritib beriladi.
References
1. Mirziyoеv Sh.M. Yangi O‘zbеkiston taraqqiyot stratеgiyasi. – Toshkеnt:
“O‘zbеkiston” nashriyoti, 2022. - 416 b.
2. Mirziyoеv Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,
yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2018.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonuni (yangi
tahriri), 2020.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi
997-sonli qarori.
5. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi
ma’lumotlari va tahlillari.
6. Ahmedov S. va boshqalar. Adabiyot: 5-sinf darsligi. – Toshkent: Sharq, 2020.
7. Lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
baz