ZAMONAVIY KASBLARGA YO`NALTIRISH BUGUNGI DAVR TALABI.

Authors

  • Hasanova Jumagul Valijon qizi Author
  • Abduvohidova Dilfuza Mashrabovna Author

Keywords:

amaliyotchi, andijon, baliqchi, psixologi, tumani, viloyati, abduvohidova, dilfuza, dimining, hasanova

Abstract

Yosh avlodni kelajakda yetuk mutaxassis bo`lib yetishishi uchun ularni kasb-hunarga to`g`ri yo`naltirish, yo`nalishni to`g`ri tanlashlariga ko`maklashish yoshlarni kelajagida muhim o`rin tutadi. Kalit so`zlar: Kasb-hunar, kasbiy tanlov, ijtimoiy-kasbiy moslashuv, mas`uliyat, mehnat, oila, jamiyat. Har qanday jamiyat, jamiyatning kichik bo`g`ini bo`lmish-oilaning taraqqiyoti, boyligining manbayi, insoniyat tomonidan moddiy va ma’naviy boylik yaratishning asosiy omili mehnatdir. Jamiyatning ijtimoiy shakli qanday bo‘lishidan qat’i nazar, mehnat moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarishda zarur faoliyat bo‘lib qoladi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o‘zgarishlarning samarasi, birinchi navbatda, aholining moddiy ahvoli va farovonligiga, uning hayot darajasi hamda sifatiga qay darajada ta’sir ko‘rsatayotgani bilan o‘lchanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, odamlarimizni kasb-hunarli qilish, ularning biznesiga keng yo‘l ochish, haqiqiy mulkdor bo‘lib, daromad topishi uchun zarur sharoitlarni yaratish davlatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Buning uchun yosh avlodni ta`limning eng quyi pog`onalari-maktabgacha va maktab ta`limi jarayonida kasb-hunarga to`g`ri yo`naltirish lozim. O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish tizimi kasbiy targ‘ibot va tashviqotni o‘z ichiga olgan kasbiy ma’rifat (kasbiy axborot); u yoki bu soha, kasbga bo‘lgan shaxs qiziqish va qobiliyatlarining birlamchi kasbiy tashxisi, kasb tanlashda mutaxassislar tomonidan individual, guruhiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan kasbiy maslahatlar, ko‘proq muvofaqqiyatga erishishi mumkin bo‘lgan kasbni tanlab olishga qaratilgan kasbiy tanlov, ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida amalga oshiriluvchi ijtimoiy-kasbiy moslashuv, tanlangan kasbni o‘rganish jarayonida burch, mas’uliyat, kasbiy or-nomus hislarini o‘quvchilarda shakllantirishga qaratilgan. Undan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarga kasblar olami, kasblarning belgi va xususiyatlari, kasb klasifikatsiyasi, kasblar professiogrammasi, hududning qaysi kasblarga ehtiyoji borligi to‘g‘risidagi axborotlarni berishdan iborat bo‘lib, ular asosida o‘quvchi o‘zini qiziqtirgan, jamiyat uchun zarur bo‘lgan kasbni tanlaydi. Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizni rivojlantirish uchun kelajagimiz poydevorlari bo`lgan yosharimiz oldiga juda katta maqsadlar qo`yib, ularga yuksak ishonch bildirilmoqda. Oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizga, orzu-niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohatlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakli, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz. SHu bilan birga, hammamiz yana bir haqiqatni anglab yetmoqdamiz. Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib, obro‘li o‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin. Ijtimоiy taraqqiyotni ro`yobga chiqarish uchun mamlakatda yuqоri malakali mutaхassislarni tayyorlash va ularni jahоn standartlari darajasiga ko`tarmоq lоzim, fan va tехnikaning bugungi kun taraqqiyotiga javоb bеrish uchun kеng saviyali, bilimdоn, o`z kasbining fidоiy kishisini kamоl tоptirish оrqali davlatimizda bozоr iqtisodiyotiga bardоsh bеradigan, raqоbatbardоsh mahsulоtlar yaratuvchi kasb egalarini shakllantirish jоiz. Tоki ular davr talablariga оg`ishmay javоb bеradigan, qiziqishi kеng, malakasi mustahkam, хоtirasi barqarоr, fikr yuritishi puхta, izlanuvchan, mеhnatsеvar, vatanparvar, iymоn-e’tiqоdli, barkamol insоnlar bo`lib vоyaga yеtishadi. Buning uchun uzluksiz ta`lim tizimining barcha jabhalarida o`quvchilarni kasbga yo`naltirishning ahamiyati kattadir. Aytish mumkinki, barkamol insonning shakllanishi, uning munosib kasb-hunarni egallashi, jamiyat taraqqiyoti uchun baholi qudrat o‘z hissasini qo‘shib, yashashi va shu orqali jamiyatda o‘zligini namoyon etishi, ya’ni shaxs sifatida kamol topishi nazarga olinadi. Komillik sari intilish shaxsning kasbiy shakllanishi bilan birgalikda yaxlit holda kechadigan va deyarli bir umr davom etadigan murakkab jarayondir. Keng ma’noda kasbiy shakllanish deganda insonning o‘z aqliy qobiliyatlari, jismoniy imkoniyatlari, u yoki bu sohaga bo‘lgan layoqatlari, qiziqish va intilishlari, shuningdek, qadriyat va dunyoqarashlariga ko‘ra biron-bir kasb sohasida ta’lim olishi, keyinchalik shu sohaga kirishib, moslasha borishi va nihoyat yillar davomida yetuk va malakali mutaxassis bo‘lib etishishi tushiniladi. Haqiqatdan ham bu cheksiz murakkab, orqaga qaytarilmaydigan, muhim jarayon bo‘lib, undan inson manfaatlari yo‘lida unumli foydalanishni tashkil etish, bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Agar inson bu murakkab jarayonda to`gri qabul qilish orqali o`zi uchun eng munosib kasbni tanlasa va ushbu kasbning yetuk mutaxassisi bo`lib yetishsa, ham o`zi uchun, ham jamiyat uchun har tomonlama foydali bo`ladi. Chunki, inson qachonki o`z sevgan kasbi bilan shug`ullanar ekan uning ish faoliyatida samaradorlik shunchalik yuqori bo`ladi. Aks holda, inson ish faoliyati hech qanday samaradorlik va yutuqlarga erisha olmaydi. Shu bilan birgalikda, inson umri davomida faqatgina moddiy manfaatlarini ko`zlab, o`zi uchun qiziq bo`lmagan kasb bilan shug`ullanishi uning ruhiy holatiga ham salbiy ta`sir qilmasdan qolmaydi. Aynan shunday muammolar yuzaga kelmasligi uchun farzandlarni bolalik chog`idanoq ota-onalar ularning qiziqishlari qaysi sohaga ko`proq moyilligiga e`tibor berib, ulardagi bu qiziqishni yana rivojlanishiga yordam berishlari lozim. Keyinchalik bu qiziqishlarga maktabda turli trening va metodik o`yinlar yordamida bolaning ustozlari tomonidan yanayam aniqlik kiritilib, bolaning o`zi uchun maqul kasbni tanlashiga yordam berilib, kelajagi uchun eng muhim bo`lgan kasb-hunar tanlashdagi qarorni to`g`ri qabul qilishiga yordam berishlari, bolaning kelajakdagi o`z kasbi yoki hunarining yetuk mutaxassisi bo`lishiga sabab bo`ladi. Har tomonlama yetuk va malakali mutaxassislar esa jamiyatimiz taraqqiyoti uchun juda ham zarur. Shunday ekan yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish masalasiga jiddiy e`tibor qaratish lozim

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni. 2019-yilning 29-aprel.

2. A.Zokirov, K.Farfieva, G.Burxonova, S.Alimxodjaeva. Kasb-hunarga yo‘naltirish jarayonida o‘quvchi shaxsini o‘rganish metodikalari.- T: 2006 yil

3. V. Karimova “Psixologiya” Toshkent. 2002 yil

4. M.Abdullajonova, M.Isoqova, M.Zokirova, S.Isroiljonova Ijtimoiy psixoloik trening prktikum. – Farg‘ona: “Farg‘ona” nashriyoti, 2003 yil

5. Y.Asadov. “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda qo‘llaniladigan psixologik-pedagogik tashxis metodikalari”. Toshkent. 2010 yil

ELEKTRON TA’LIM RESURSLARI

1. http://www.edu.uz - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi portali.

2. http://www.uzedu.uz - O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi portali.

3. http:// www.rtm.uz – Respublika ta’lim markazi sayti

Published

2026-05-14