BUYUK IPAK YO‘LINING FARG‘ONA VODIYSI SHAHARLARI RIVOJLANISHIDAGI TARIXIY AHAMIYATI
Keywords:
ipak, farg, namangan, vodiysi, buyuk, lgan, ushbu, hududidagi, qadimiy, savdoAbstract
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‘lgan Farg‘ona vodiysi shaharlarining Buyuk Ipak yo‘li tizimidagi o‘rni yoritilgan. Xususan, Namangan viloyati hududidagi qadimiy Axsikent va Kosonsoy kabi shahar-qal’alarning xalqaro savdo va madaniy aloqalardagi ahamiyati tarixiy va arxeologik ma'lumotlar asosida tahlil qilinadi. Maqola davomida iqtisodiy munosabatlar va hunarmandchilikning o‘zaro ta’siri ko‘rsatib o‘tilgan. Kirish Insoniyat tarixida xalqlar va madaniyatlarni bir-biriga bog‘lagan eng ulkan muloqot tizimi bu — Buyuk Ipak yo‘lidir. Miloddan avvalgi II asrdan boshlab shakllangan ushbu yo‘l nafaqat tovar ayirboshlash, balki g‘oyalar, dinlar va texnologiyalar almashinuvi markaziga aylandi. O‘zbekiston hududi, xususan, Farg‘ona vodiysi ushbu yo‘lning eng muhim strategik chorrahalaridan biri bo‘lgan. Vodiydan o‘tgan karvon yo‘llari sharqni g‘arb bilan, shimolni janub bilan bog‘lagan. Bugungi kunda tariximizni o‘rganish, ayniqsa, ona yurtimiz Namangan hududidagi qadimiy manzilgohlarning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rnini tadqiq etish yosh avlod uchun ham ilmiy, ham ma’naviy jihatdan dolzarb hisoblanadi.References
1. Sh. Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.
2. Rtveladze E.V. Buyuk Ipak yo‘li. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007.
3. Anarboyev A. Axsikent tarixi. – Toshkent, 2001.
4. Z.M. Bobur. Boburnoma. – Toshkent: Sharq, 2002.
5. Gulyamov Ya.G‘. Farg‘ona vodiysining qadimgi sug‘orilish tarixi. – Toshkent, 1970.
Downloads
Published
2026-05-14
Issue
Section
Articles