O‘QUVCHILARNING KASB-HUNAR TANLASHIDA DUCH KELADIGAN QIYINCHILIKLARI VA

Authors

  • Bo‘tayeva Hulkar G‘ofurovna Author

Keywords:

kasb tanlash, o‘quvchi psixologiyasi, kasbiy yo‘nalish, kasbiy qiyinchiliklar, o‘zlikni anglash, axborot yetishmasligi, tashqi bosim

Abstract

Ushbu maqola umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining kasb-hunar tanlash jarayonida duch keladigan asosiy psixologik va ijtimoiy qiyinchiliklarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Kasb tanlash – shaxsning kelajakdagi hayot yo‘lini belgilovchi muhim qaror bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchilar o‘z qiziqishlari, qobiliyatlari, bozor talablari va ota-onalarning kutishlari o‘rtasida muvozanat topishga harakat qilishadi. Maqolada Koson tumani 26-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi psixologi tajribasi misolida o‘quvchilarning o‘zlikni anglamasligi, kasblar haqida ma’lumot yetishmasligi, tashqi bosim va kelajakdan qo‘rqish kabi qiyinchiliklari yoritilgan. Shuningdek, mazkur muammolarni bartaraf etishda maktab psixologining diagnostik, maslahat va korreksion ishlari, o‘qituvchilar va ota-onalar bilan hamkorlik tamoyillari muhokama qilingan. Maqola o‘quvchilarga oqilona kasb tanlashda ko‘maklashish va ularning shaxsiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.

References

Mirziyoyev Sh.M. "Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi". – Toshkent: "O‘zbekiston", 2022.

G‘oziyev E.G‘. "Kasb tanlash psixologiyasi". – Toshkent: "Fan va texnologiya", 2011.

Karimova V.M. "Psixologiya". – Toshkent: "Sharq", 2002.

Nishonova Z.T. "Maktabda psixologik xizmat". – Toshkent: "Fan va texnologiya", 2015.

Shoumarov G.B. "O‘quvchilarning psixologik diagnostikasi". – Toshkent: "Fan", 2005.

Xoliqov A.A. "Kasbga yo‘naltirishning psixologik asoslari". – Toshkent: "Innovatsiya markazi", 2019.

Klimov E.A. "Psixologiya professionalnogo samoopredeleniya". – Rostov-na-Donu: "Feniks", 2004.

Published

2026-05-17