FALSAFA VA DIN

Authors

  • Mirzamahmudova Mafirat Yodgormirza qizi Author

Keywords:

dinshunoslik, muhim, fani, ilmiy, jamiyat, ijtimoiy, diniy, toshkent, turli, qiladi

Abstract

Bugungi globallashuv va tezkor axborot almashinuvi sharoitida din omili jamiyat hayotida muhim ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida namoyon bo‘lmoqda. Din nafaqat insonning ichki e’tiqodi va ma’naviy dunyosini shakllantiradi, balki jamiyatning axloqiy me’yorlari, qadriyatlar tizimi, madaniy an’analari hamda ijtimoiy munosabatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois dinni ilmiy, xolis va tizimli tarzda o‘rganish zarurati tobora ortib bormoqda. Aynan mana shu ehtiyoj dinshunoslik fanining jamiyat hayotidagi ahamiyatini belgilab beradi. Dinshunoslik — turli dinlarning kelib chiqishi, rivojlanishi, asosiy g‘oyalari, marosimlari va jamiyatdagi o‘rnini ilmiy asosda o‘rganuvchi fandir. Ushbu fan dinni biryoqlama talqin qilishdan holi bo‘lib, uni tarixiy, falsafiy, sotsiologik va madaniy jihatdan tahlil qiladi. Natijada dinshunoslik jamiyat a’zolarida diniy savodxonlikni oshirish, turli e’tiqod vakillari o‘rtasida bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga xizmat qiladi.

References

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — Toshkent: Ma’naviyat,

2008.

2. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. — Toshkent: O‘zbekiston, 1996.

3. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi

bosqichga ko‘taramiz. — Toshkent: O‘zbekiston, 2017.

4. Dinshunoslik (darslik). — Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi nashri.

5. Dinshunoslik asoslari. Oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv qo‘llanma. — Toshkent

6. Falsafa (darslik). — Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashri.

7. Baxodir o’g’li, E. B. (2025, December). OʻZBEK XALQINING AN’ANAVIY

MAROSIM VA URF-ODATLARINING TARIXIY ASOSLARI VA

RIVOJLANISH FALSAFIY TAHLILI (QADIMGI DAVR, ISLOM DAVRI

MISOLIDA). In Partner conferences of the International Scientific Journal Research

Focus (Vol. 1, No. 1, pp. 20-24)

Published

2026-04-30