BOLALARDA SPASTIK SEREBRAL FALAJDA NEYROIMMUN YALLIG‘LANISH BIOMARKERLARINING KLINIK AHAMIYATI
Keywords:
spastik serebral falaj, xemokinlar, MCP-1, RANTES, IP-10, neyroinflamatsiya, biomarkerlar, pediatriyaAbstract
Ushbu tadqiqot bolalarda spastik serebral falajda (SSF) neyroimmun yallig‘lanish jarayonlarini baholash hamda xemokinlarning kasallik og‘irligi bilan bog‘liqligini aniqlashga bag‘ishlandi. Tadqiqotda 40 nafar SSF tashxisi qo‘yilgan bolalar ishtirok etdi. Bemorlarning funksional holati GMFCS, MACS va CFCS shkalalari asosida baholandi. Qon zardobida MCP-1, MIP-1α, MIP-1β, RANTES va IP-10 xemokinlari miqdori multipleks immunotahlil usuli yordamida aniqlandi. Natijalarga ko‘ra, MCP-1 va RANTES darajasi kasallikning og‘ir shakllarida sezilarli oshgani kuzatildi. Shuningdek, IP-10 kognitiv buzilishlar bilan kuchli korrelyatsiyaga ega ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari xemokinlarning SSF og‘irligini baholashda muhim biomarker sifatida qo‘llanishi mumkinligini ko‘rsatdi.References
Bolalarda spastik serebral falajda MCP-1, RANTES va IP-10 kabi
xemokinlarning yuqori darajasi kasallikning og‘ir klinik kechishi bilan bog‘liq
ekanligi aniqlandi. Ushbu biomarkerlar neyroinflamatsion jarayonlarni baholash,
kasallik prognozini aniqlash va individual davolash strategiyalarini ishlab chiqishda
muhim diagnostik ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Downloads
Published
2026-05-22
Issue
Section
Articles