INTERFAOL METODLAR ORQALI TALABALARDA EMPATIK KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH
Keywords:
pedagogika, alfraganus, empatik, ijtimoiy, kasbiy, lajak, limni, nazariy, pedagogik, universitetiAbstract
Zamonaviy oliy pedagogik ta’lim paradigmasida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi faqat iqtisodiy-nazariy bilimlar bilan emas, balki ijtimoiy-psixologik kompetensiyalar bilan ham uzviy bog‘liqdir. Ta’limni insonparvarlashtirish kontekstida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy refleksivempatik kompetentligini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Empatiya — bu boshqa insonning ichki dunyosini, his-tuyg‘ularini va kechinmalarini subyektiv anglash qobiliyati bo‘lib, u shaxsga yo‘naltirilgan pedagogik ta’limni tashkil etishning asosiy omili sifatida e’tirof etiladi.References
Interfaol metodlar talabalarda empatik ko‘nikmalarni
shakllantirishning eng dinamik va natijali vositasi hisoblanadi. Ta’lim jarayonida
zamonaviy interaktiv texnologiyalarni XII asr buyuk mutafakkiri Ahmad
Yugnakiyning “Hibat-ul haqoyiq” asaridagi insonparvarlik va axloqiy kamolot
g'oyalari bilan integratsiya qilgan holda qo‘llash — milliy qadriyatlarga sodiq, shu
bilan birga xalqaro ta’lim standartlariga javob bera oladigan yangi avlod pedagog
kadrlarini tayyorlashga xizmat qiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
ma’naviy-axloqiy meros bilan uyg‘unlashtirish bo‘lajak pedagoglar uchun
insonparvarlik, bag‘rikenglik, refleksiv fikrlash va samarali muloqot
kompetensiyalarini rivojlantiradi. Bu esa milliy qadriyatlarga sodiq, yuqori malakali
pedagog kadrlarni tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.