“SANOAT KORXONALARINING BO‘YOQLASH SEXLARIDAIFLOSLANGAN SUVNI QAYTA ISHLASH TIZIMINI AVTOMATLASHTIRISHNI TADQIQ ETISH”

Authors

  • Sultanov Ildar Rafkatovich Author
  • Salqinov Sunnatulla Bekmurod oʻgʻli Author

Keywords:

: oqova suv, avtomatlashtirish, PLC, SCADA, pH sensori, suvni qayta ishlash, monitoring, bo‘yoqlash sexi

Abstract

Ushbu maqolada sanoat korxonalarining bo‘yoqlash sexlarida hosil bo‘ladigan ifloslangan suvlarni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish masalalari tadqiq etilgan. Bo‘yoqlash sexlaridan chiqayotgan oqova suvlar tarkibida kimyoviy moddalar, bo‘yoq qoldiqlari va zararli aralashmalar mavjud bo‘lib, ularni samarali tozalash ekologik xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida suv sathi, pH, bosim va loyqalilik parametrlarini avtomatik nazorat qilish usullari hamda PLC, sensorlar va SCADA tizimlari asosidagi boshqaruv tizimlarining ishlash prinsiplari tahlil qilindi. Taklif etilgan avtomatlashtirilgan tizim yordamida suvni qayta ishlash samaradorligini oshirish, energiya sarfini kamaytirish va texnologik jarayonning uzluksiz ishlashini ta’minlash imkoniyati yaratildi.

References

1. Karimov Q.X. Sanoat avtomatlashtirish asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2021. – 256 b.

2. Axmedov R.R. Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. – 312 b.

3. Rasulov A.A. Yo‘l qurilish materiallari texnologiyasi. – Toshkent: Innovatsion rivojlanish nashriyoti, 2019. – 280 b.

4. Bolton W. Programmable Logic Controllers. – 7th Edition. Elsevier, 2021. – 380 p.

5. Mikell P. Groover. Automation, Production Systems and Computer-Integrated Manufacturing. – McGraw-Hill Education, 2020. – 816 p.

Published

2026-05-23