“UZ-KORAM CO” MCHJ QURITISH PECHIDA HARORATNI AVTOMATIK BOSHQARISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH”

Authors

  • Karimjonov Sarvarbek Author

Keywords:

quritish pechi, harorat nazorati, PLC, HMI, avtomatlashtirish

Abstract

Ushbu tezisda “Uz-Koram Co” MChJ avtomobil kuzovlarini bo‘yash texnologik liniyasida qo‘llaniladigan quritish pechida haroratni avtomatik boshqarish tizimini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Quritish jarayonida haroratning belgilangan qiymatda ushlab turilishi mahsulot sifatini ta’minlash va energiya sarfini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot davomida harorat datchiklari, PLC kontrolleri, HMI operator paneli va ventilyatsiya tizimlarining ishlash prinsiplari o‘rganildi. Taklif etilgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi pech ichidagi haroratni real vaqt rejimida nazorat qilish va optimal boshqarish imkonini beradi. Natijada quritish jarayonining barqarorligi oshadi, energiya sarfi kamayadi va tayyor mahsulot sifati yaxshilanadi.

References

1. Karimov Q.X. Sanoat avtomatlashtirish asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2021.

– 256 b.

2. Axmedov R.R. Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlari. –

Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. – 312 b.

Published

2026-05-29