YENGIL AVTOMOBILLAR UCHUN TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH POSTLARINI LOYIHALASHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIK YECHIMLARI

Authors

  • Mahmudaliyev Og‘abek Author

Keywords:

Texnik xizmat ko‘rsatish posti, avtoservis, diagnostika, texnologik loyihalash, ishlab chiqarish maydoni, avtomobil servisi, zamonaviy uskunalar, raqamli boshqaruv, mehnat unumdorligi, servis samaradorligi

Abstract

Mazkur maqolada yengil avtomobillar uchun texnik xizmat ko‘rsatish postlarini loyihalashning zamonaviy texnologik yechimlari tahlil qilingan. Avtomobil transporti vositalari sonining ortib borishi va ularning konstruktiv murakkablashuvi texnik xizmat ko‘rsatish korxonalarini zamonaviy talablar asosida tashkil etishni talab etmoqda. Tadqiqot davomida texnik xizmat ko‘rsatish postlarini loyihalashda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar, ishlab chiqarish maydonlarini rejalashtirish usullari, zamonaviy diagnostika va ta’mirlash uskunalaridan foydalanish hamda raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish masalalari o‘rganilgan. Shuningdek, texnologik postlarning joylashuvi, ishlab chiqarish quvvatidan samarali foydalanish va ekologik xavfsizlik talablarini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari zamonaviy texnologik yechimlardan foydalanish texnik xizmat ko‘rsatish korxonalarining samaradorligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi.

References

1. Musajonov M.Z. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi. – Toshkent, 2018.

2. Musajonov M.Z. Avtoservis korxonalarini loyihalash asoslari. – Toshkent,

2017.

3. Napolskiy G.M. Texnologicheskoye proyektirovaniye avtoservisnyx

predpriyatiy. – Moskva, 2016.

4. Pugin A.V. Avtoservis texnologiyasi va jihozlari. – Moskva, 2019.

5. Qudratov O.T. Transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish. – Toshkent,

2020.

6. ISO 9001:2015 Quality Management Systems.

7. ISO 45001:2018 Occupational Health and Safety Management Systems.

8. Bosch Automotive Handbook. – Germany, 2022.

Published

2026-05-30