SABZAVOT EKINLARI URUG‘CHILIGIDA ILMIY TA’MINOT VA INFRATUZILMA HOLATINING BUGUNGI HOLATI

Authors

  • Faxriddinov Abdulhakim Ziyauddinovich Author

Keywords:

sabzavot ekinlari, urug‘chilik, ilmiy ta’minot, infratuzilma, seleksiya, F1 duragay, yuqori avlodli urug‘lik, mahalliy nav, import urug‘lik, sertifikatlash, urug‘lik sifati, innovatsiya

Abstract

Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida sabzavot ekinlari urug‘chiligining ilmiy ta’minoti va infratuzilmasining amaldagi holati tahlil qilingan. 2023–2026-yillarda asosiy sabzavot ekinlari yetishtirish hajmi, urug‘lik sarfi, import urug‘liklarning ulushi, yuqori avlodli urug‘liklarni ishlab chiqarish holati hamda ilmiy muassasalar tomonidan yaratilgan nav va duragaylar tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari mahalliy seleksiya yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, mahalliy F1 duragaylar urug‘chiligini tashkil etish, ilmiy-laboratoriya va seleksion issiqxona infratuzilmasini modernizatsiya qilish, urug‘lik sifatini sertifikatlash va nav mualliflarining intellektual mulk huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi. Shuningdek, fan-urug‘chilik-ishlab chiqarish-bozor integratsiyasiga asoslangan yagona tizimni shakllantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. Sabzavot-poliz ekinlari urug‘chiligining amaldagi holati bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar. Toshkent, 2024.

2. O‘zbekiston Respublikasining “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonuni.

3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘yicha ilmiy-tahliliy ma’lumotlar.

4. FAO. Seed systems and sustainable vegetable production. Rome: FAO.

5. OECD Seed Schemes. OECD Schemes for the Varietal Certification or the Control of Seed Moving in International Trade.

6. International Seed Testing Association (ISTA). International Rules for Seed Testing.

7. Copeland L.O., McDonald M.B. Principles of Seed Science and Technology. Springer.

8. Pivovarov V.F. Ovoshchevodstvo Rossii. Moscow.

9. Sabzavotchilik, seleksiya va urug‘chilik bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasalari materiallari.

Published

2026-08-16